logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:35
KirishA'zo bo'lish
2009 yil u A Seriyaning "Eng yaxshi murabbiyi" deb tan olingandi, ammo keyin...

24 DEKABR, 19:30 263

.

Xorijda ishi yurishmagan murabbiy, o'zi haqida eslatib qo'yish uchun appenin yarim orollariga qaytmoqda.

2009 yil CHezare Prandelli ASeriyaning "Eng yaxshi murabbiyi" deb tan olingandi. U boshchilik qilgan "Fiorentina" CHempionlar Ligasida qatnashar, "fialkalar" klub tarixida ilk bor ushbu musobaqa pley-off bosqichiga chiqa olgandi. 2010 yilga o'tib, jamoa germaniyaning "Bavariya"siga imkoniyatni boy berdi. O'sha yil yozida Prandelli Italiya termasi boshqaruvini qo'lga oladi – bir qarashda, murabbiy professional faoliyatining cho'qqisiga qarab ketayotgandek, uni oldinda ko'plab g'alabalar kutayotgandek edi, ammo...

.

Jamoa Evro-2012 finaliga chiqqani bu kabi fikrlarni yanada asosli qilardi. Lekin JCH-2014 dagi omadsizlikdan so'ng, barchasi umuman boshqacha tus oldi.

"Galatasaroy", "Valensiya", "Al Nasr". "Fiorentina"dan ketganiga sakkiz yil bo'lgan bo'lsada, Prandelli birorta sovrin yutolmadi va bugungi kunga kelib, "Jenoa" uning darajasidan past bo'lgan klub deb bo'lmaydi. CHezareni Italiyada iliq kutib olishdi.

Xorijda ishi yurishmagan murabbiy, o'zi haqida eslatib qo'yish uchun appenin yarim orollariga qaytmoqda.

"Jamoa mashg'uloti vaqtida nimani xis qilyapman? Xuddiki, tuman tarqab, yana quyosh charaqlagandek".

Prandellining aytishicha, u "Jenoa" futbolchilariga futbol o'ynashni o'rgatish uchun kelgan.

.

"Kuameni misol qilib olsak, u ajoyib futbolchi, lekin texnikasi bilan bog'liq jiddiy muammolar mavjud. Barcha, nafaqat u, hamma texnik mashg'ulotlar ustida ko'proq ishlashi lozim. Texnika – bu futbolning asl chiroyi. Statistikani kuzatishni, undan to'g'ri foydalanishni bilish zarur. A Seriya da individual harakatlar evaziga raqiblarni aldab o'tish borasida etakchilarning bari – chet elliklar, kishini o'ylantirib qo'yadigan masala. Sxemalar, taktika – bu muhim albatta. Lekin texnika nima bo'ladi?".

"A Seriyada mahalliy yosh futbolchilar yo'qligi kishini ranjitadi to'g'risi. Manchini esa Dzanoloni termaga chaqirib zo'r ishga qo'l urdi. U klublarga qaratar: "Bu yigitga Italiya chempionati vakillari tarkibida joy topilmasligini bilaman, lekin u terma jamoa tarkibida to'p tepishga loyiq", degandek bo'ldi. Endi esa barcha uning qobiliyatli yigit ekanini bilib oldi va Rimning "Roma"si futbolchini tarkibiga qo'shib oldi".

.

"Oxirgi uchrashuvda jamoamda, maydonga tushgan birgina italiyalik futbolchi bor edi. Bu juda kam. Jamoa rahbarlari bir narsani tushunishlari zarur, yoshlarga ishonch bildirilsa, kelajakda bu o'z mevasini beradi. Oddiy misol "Yuventus"ga bir qarang – ular sakkiz yil oldin anglashdiki, asosiy tarkibda kamida 4-5 nafar mahalliy futbolchi bo'lishi kerak.

"Jenoa"ning mavsumda oldiga qo'ygan vazifasi? Xavfli zonadan uzoqroq ketib olish, omadli proektning fundamentini qo'ya bilish. Klub prezidenti shunday demoqda. Italiyada "proekt" so'zi bilan ehtiyot bo'lish zarurligini yaxshi bilaman – bu erda deyarli hamma extirosli va qarorlar ham shu yo'sinda qabul qilinadi. Lekin nima bo'lganda ham Precoziga menga imkon bergani uchun rahmat aytaman".

Maqsadim nafaqat "Jenoa" bilan yuqori o'rinlarni egallash, balki imkon qadar italiyalik yosh iqtidorlarga imkon berish, ularni kashf etishdir.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 17