logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:33
KirishA'zo bo'lish
Onopko: "Avvallari "Real"ning borumidi Ronaldudan edi"

12 DEKABR, 13:34 108

CSKA murabbiyi Viktor Onopko "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi o'yinidan oldin Madrid klubining o'yin falsafasi haqida fikr bildirdi.

"Bir paytlar "Real" safida Ronaldo, Figu, Zidan, Raul, Roberto Karlos, Michel Salgado o'ynagan, ammo o'shandan beri klub falsafasi o'zgargani yo'q. Ular hozir ham dunyoning eng kuchlilarini sotib olishadi. SHu sababli ular grand bo'lib qolishda davom etishmoqda.

Zidan nega ketgani borasida o'zimning xulosalarim bor. Menimcha, u Peres bilan til topisha olmagan. Prezident Neymarni sotib olmoqchi edi, murabbiy buni istamadi. Bu mavzuda kelishmovchilik yuz berdi. Natijada Zidan ketdi, Neymar esa "Qirollik klubi"ga o'tmadi. Hozir "Real" yoshlar qo'lida. Unga Ronaldu kabi yulduzlar etishmayapti. Birinchi o'yinga tayyorlanganimizda, Madrid klubi o'yinida Lopetegining g'oyalarini ko'rgan edim. Avvallari bor umid Ronaldudan edi, endi esa boshqalar bosh rolda. Jamoa o'zgardi, ammo himoya va hujum o'rtasidagi muvozanat yo'q, shu sababli murabbiy istefosi yuz berdi" - deydi Onopko.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 28