logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:19
KirishA'zo bo'lish
Nukus va Termizda «S» sertifikati bo‘yicha OFKning murabbiylik kurslari bo‘lib o‘tyapti

24 DEKABR, 19:03 84

.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish, murabbiylar mahoratini oshirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 21 dekabr kuni Nukus shahrida "S" sertifikati bo‘yicha OFKning murabbiylik kurslari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur kurslarda Zoir Hasanov instruktor sifatida ish olib bormoqda, Abat Arzimov esa koordinator sifatida ishlayapti.

Shu bilan birga mana shunday o‘quv kurslari Surxondaryo viloyatidagi murabbiylar uchun Termiz shahrida boshlandi. Mazkur kurslarda instruktor sifatida Dmitriy Kim faoliyat yuritmoqda, koordinator esa Furqat Mustafoqulov. Dmitriy Kim birinchi marta xalqaro o‘quv kurslarida instruktor sifatida ishlayotganini ham ta’kidlab o‘tish zarur.

"Xalqaro o‘quv kurslarida ish boshlaganimdan juda xursandman. Bu men uchun katta yutuq. Kelgusi rejalarim o‘z ustimda ko‘proq ishlab, bilim va mahoratimni oshirib borish hamda tajribamni murabbiylar bilan bo‘lishish. Bundan tashqari, Surxondaryoda bunday xalqaro o‘quv kurslari birinchi marta o‘tkazilayotganini ham alohida ta’kidlash zarur. Bu mazkur hudud uchun katta voqelik. Umid qilib qolamizki, bunday o‘quv kurslari bu yerda yana ko‘plab bo‘lib o‘tadi", - deydi Dmitriy Kim.

Mazkur o‘quv kurslari tinglovchilarini asosan mahalliy futbol akademiyalari murabbiylari tashkil qiladi.Nukus va Termiz shaharlaridagi o‘quv kurslari 26 dekabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Kurslarning ikkinchi qismi 4-10 yanvar kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kelasi yildan boshlab "S" sertifikati uchun o‘quv kurslari OFK tomonidan o‘tkazilmaydi. Endilikda mazkur sertifikatni qo‘lga kiritish murabbiylar mahalliy futbol assosiasiyasi tomonidan tashkil qilinadigan o‘quv kurslarida o‘qishlari kerak bo‘ladi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 1 / 24