logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:59
KirishA'zo bo'lish
AGMK rahbariyati Mirjalol Qosimovni futbolchilarga tanishtirdi

24 DEKABR, 18:59 129

.

Bugungi AGMK klubi rahbariyati futbolchilariga yangi bosh murabbiyni tanishtirdi.

"Olmaliq KMK" boshqaruvi raisining ijtimoiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Ulug'bek Fayazov jamoa azolariga yangi murabbiyni tanishtirar ekan quyidagilarni aytib o'tdi. - "Olmaliq KMK" rahbariyati, ko'p ming sonli kombinat xodimlari, butun Olmaliq ahli jamoadan 2019 yilgi mavsumda yuksak natijalarni kutmoqda. Bu yil jamoada ishlagan Baxtiyor Ashurmatovga rahbariyat minnatdorchilik bildiradi. Uning murabbiylik faoliyatida omad tilaymiz. AGMK birgina kubok bahsida g'olib bo'lish bilan cheklanib qolmaydi. Jamoa oldiga yangi mavsumda faqat va faqat yuqori natijalarga erishish vazifasi qo'yildi. Yuksak marralarni zabt etish uchun, birinchi navbatda jamoani har tomonlama kuchaytirish lozim. SHu sababli, rahbariyat jamoaga futboldagi faoliyati davomida ko'plab yutuqlarga erishgan, xalqaro maydonda ham ijobiy natijalar qayd etgan, tajribali murabbiy Mirjalol Qosimovni AGMK jamoasiga taklif etdi. O'tkazilgan muzokaralardan so'ng, Mirjalol Qo'shoqovich bizning taklifni qabul qildi. O'ylaymizki, bu Olmaliq shahri uchun ajoyib yangilik bo'ladi. Taniqli mutaxassis o'z bilimlari bilan shahrimiz jamoasini yanada yuksalishiga va ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritishiga o'z hissasini qo'shadi. Mirjalol Qo'shoqovichga jamoani ishonch bilan topshiramiz. Va rahbariyat tomonidan qanaqa yordam kerak bo'lsa, barchasiga tayyormiz.

SHundan so'ng, Ulug'bek Nabijonovich so'z navbatini Mirjalol Qosimovga berdi.

.

Mirjalol Qosimov: - Avvalambor AGMK rahbariyatiga taklif uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Murabbiylik ishi shunaqa. Bazida o'zgarishlar kuzatiladi. Man hamkasbim Baxtiyor Ashurmatovni yaxshi bilaman, biz murabbiylar o'rtasida hurmat hamisha saqlanib qoladi. Ashurmatovning keyingi murabbiylik faoliyatiga omad tilayman. Nima deyishim mumkin, AGMK yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsad qo'yganligini Ulug'bek Nabijonovich aytib o'tdilar. SHunday ekan barcha bir jamoa bo'lib ishlash kerak. Maydonda futbolchilar to'p surishadi. Ular uchun barcha sharoitni yaratish va har bir xodim o'ziga yuklatilgan ishni sidqidildan bajarsa natija ham kelaveradi. Vaqt oz qolmoqda, rahbariyat tomonidan ishonch bildirilyaptimi, bunga munosib javob qaytarish lozim. Tayyorgarlik rejasini tez orada havola etamiz. Menga barchangizga yaxshi tanish bo'lgan murabbiylar Aleksandr Volkov, Hikmat Ergashev, Xayrulla Karimov va Pavel Bugalolar ko'maklashishadi.

SHundan so'ng, jamoa bosh direktori Muxtor Qurbonov so'z olib, futbolchilar uchun barcha sharoit muhayyo etilishini, o'z navbatida futbolchilar ham mazmunli va shiddatli o'yinlari bilan stadionga keladigan muxlislarga quvonch ulashishlari lozimligini ham aytib o'tdi.

AGMKning dastlabki o'quv-yig'ini 30 dekabrga qadar davom etadi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 30