logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:23
KirishA'zo bo'lish
Klopp Saloh nima sababdan mavsumni muvaffaqiyatli boshlay olmaganini tushuntirdi

24 DEKABR, 18:42 240

.

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Muhammad Saloh mavsum boshida o'zining eng yuqori darajasida o'ynay olmaganiga nima sabab bo'lgani haqida to'xtalib o'tdi.

Uning tushuntirishicha, misrlik futbolchining yangi poziTsiyaga moslashishi va EChLning so'nggi finalida elkasidan olgan jarohati bois mavsumni muvaffaqiyatli boshlay olmagan.

«U yangi poziTsiyasiga – garchi bu avvalgisidan u qadar ham farq qilmasa-da – moslashib olishi kerak edi.

Mavsum boshidagi sport formasini ham ideal deb bo'lmasdi. Agar ofisda ishlasangiz-u, elkangizda shikastlanish bo'lsa va bu jarohat yozadigan qo'lingizda bo'lmasa, u holda bu katta muammo tug'dirmaydi. Lekin agar futbolchi bo'lsangiz, u holda to'la-to'kis sog'ayib ketishingizni kutishingizga to'g'ri keladi», - deb aytib o'tdi Klopp.


Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Salohning o'yini oxirgi vaqtlarda ancha ochildi va bir muddat ligada to'purar ham bo'lib turdi. U APLning ortda qolgan 18ta turining barchasida qatnashib, 11ta gol va 5ta assist muallifi bo'ldi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 22