logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:57
KirishA'zo bo'lish
Sardor Rashidov: «Himoya chizig'iga yordam bermaganim men uchun dars bo'ldi»

24 DEKABR, 16:55 347

«Lokomotiv» yarimhimoyachisi Sardor Rashidov O'zbekiston terma jamoasining oktabr va noyabr oylaridagi yig'inlariga chaqirilmagani nima sababdan ro'y berganini tushuntirib o'tdi. Ayni paytda Ektor Kuper qo'l ostida Turkiya yig'inida qatnashayotgan futbolchi bilan intervyu O'FA matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan.

– Eshitishimizcha, Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvidagi o'yiningiz terma jamoa murabbiylariga yoqqan, ammo videoyozuvni kuzatishganidan so'ng ularda Rashidov himoyaga qaytib o'ynamas ekan, degan etiroz uyg'ongan. Bu qanchalik rost?

– Himoyaga yordami tegmaydi, deyishgani haqida o'zim ham eshitdim. To'g'risi, o'zim ham tan olaman, yuz foiz orqaga qaytib, himoyaviy o'yin ko'rsatishga unchalik ham yo'qman.

Qatar va Avstraliya bilan o'yinlarda jarohatim ham bor edi. Chaqirilgan taqdirimda ham, terma jamoaga yordam bera olmasdim. Orqaga qaytib, [himoyaga] yordam bermasligim, men uchun dars bo'ldi. Murabbiyning aytgan so'zini eshitdim. Kelgusi o'yinlarda orqaga qaytib, jamoaga yordam berib, murabbiy xohlaganidek yo'l tutishga harakat qilaman.

– Qatarning «Al-Jaish» klubida o'ynagan paytingizda Lamushining ham uslubi shunaqaroq bo'lgan. O'yinni himoyadan tashkil etish uslubi Kuperda ham azaldan bor. Shundan kelib chiqsak, balki sizga osonroq bo'lar? Yoki Lamushi va Kuper taktikasi o'rtasida farq bormi?

– Lamushi hujum uyushtiradigan uch nafar futbolchiga ortga qaytishni tavsiya qilmasdi. Ular old chiziqda qolib, faqat gol urish va jamoaga g'alaba olib kelishini ko'proq xohlardi. Endi, u – arab futboli.

Kuper – Evropa futbolini ko'rgan murabbiy. Har bir murabbiyning o'z qarashi bor. Imkoniyat berilsa, bor kuchim bilan harakat qilib, gol urish kerak bo'lganda gol urib, jamoaga yordam berishga intilamiz.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 33