logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:10
KirishA'zo bo'lish
Sanches «MYu» bazasiga «Endi biz ozodmiz» musiqasi bilan kirib keldi

24 DEKABR, 15:31 320

.


«Manchester Yunayted» hujumchisi Aleksis Sanches Instagram-sahifasida klub bazasiga etib kelishi tasvirlangan videoni joylashtirdi.

Video tarmoq foydalanuvchilarida turlicha fikrlar uyg'otdi. Boisi unda Sanchesning mashinasidan «Endi biz ozodmiz» («Now we are free») kompoziTsiyasi taralayotganini ko'rish mumkin. Eslatish uchun aytib o'tsak, ushbu musiqa rejissyor Ridli Skott tomonidan olingan «Gladiator» filmi uchun ishlangan.
Eslatib o'tamiz, «MYu» 18 dekabr kuni Joze Mourinoni bosh murabbiy lavozimidan ozod etdi. Sanches yaxshi chiqisha olmaydigan murabbiyning o'rniga klubning sobiq azosi Ole-Gunnar Sulsher taklif etildi. Jamoa yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk o'yinda «Kardiff»ni 5:1 hisobida engdi.

Mankunianliklar 2013 yil mayida Ser Aleks Fergyuson klubni tark etganidan buyon ilk marotaba APLning bir o'yinida beshta gol urishning uddasidan chiqishdi.

Avvalroq Sanches Mourinoning istefosi bo'yicha jamoadoshi Markos Roxo bilan garov o'ynagani, portugaliyalikning ishdan bo'shatilishi oltidan Aleksis 20 ming funt yutib olgani xabar qilingan edi. Ammo ertasiga futbolchi bu malumotni rad etib chiqdi.

Qayd etish kerak, chililik futbolchi Jozening istefosini nishonlagan yagona futbolchi emas. Yarimhimoyachi Pol Pogba ham ijtimoiy tarmoqlarga iztehzo va nimtabassum bilan tushgan suratini joylagan, keyin buning uchun jarimaga tortilgan edi. U, shuningdek, mashg'ulotlarda xursandchilikdan sakragan va, mish-mishlarga qaraganda, sheriklariga go'yoki shunday degan: «U meni ahmoqqa chiqarmoqchi va fanatlarni menga qarshi qilib qo'ymoqchi edi. Lekin u adashdi».

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 1 / 35