logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:47
KirishA'zo bo'lish
Astorining onasi: «Hech kimni ayblash niyatim yo‘q, shunchaki o‘g‘lim nega o‘lganini bilmoqchiman"

24 DEKABR, 14:17 298

«Fiorentina» jamoasining sobiq a’zosi, 2018 yilning 4 martida mehmonxonada kutilmaganda vafot etgan Davide Astorining onasi Anna Astori hamon farzandining o‘limiga nima sabab bo‘lganini bilolmayapti.

— Ikkita farzandim bor, shuning uchun mening vazifam ularga e’tibor qaratish, — deya ayolning so‘zlarini keltiradi «Football Italia». — Har ertalab turmush o‘rtog‘im bilan ibodatxonaga boramiz, keyin kunni qanday o‘tkazishni kelishib olamiz. Ammo tanamda bir bo‘shliq bor. Men hech qachon bunday og‘riqni his qilmaganman. Nima bo‘lganini ham bilmayman.

Men hech kimni ayblamoqchi emasman, chunki ishonaman, o‘g‘limning o‘limi hech kimga kerak bo‘lmagan. Men shunchaki sababini bilmoqchiman. Bu — haqiqiy fojia, bunday holat yana kim bilandir takrorlanishini xohlamayman», dedi Anna.

[kulrang]Manba: stadion.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 25