logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:16
KirishA'zo bo'lish
Bundesliga: 1-davra yakunlari haqida

24 DEKABR, 14:11 122

Germaniya chempionatining birinchi davra o'yinlariga o'tgan haqtada yakun yasaldi.

SHu tariqa jamoalar 1 oylik qishki tanaffusga chiqib ketishdi. O'tgan 17 tur mobaynida turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan Dortmundning "Borussiya"jamoasi atigi 1 mag'lubiyat va 3 durang qayd etdi. Lyusen Favr jamoasi qolgan 13 uchrashuvda raqiblaridan ustunlikka erishdi. Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan, ammo davraning ikkinchi qismida o'z o'yinini topishga ulgurgan "Bavariya" 36 ochko to'plagan holda birinchi davrani ikkinchi pog'onada yakunladi. Kuchli-uchlikni esa boshqa bir "Borussiya" yakunlab berdi. Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi Dortmunddan 9, "Bavariya"dan 3 ochko kam jamg'argan holda uchinchi pog'onani band etmoqda. "Leypcig" esa ECHL yo'llanma beruvchi oxirgi o'rinda bormoqda. "Volfsburg" va "Ayntraxt" esa birinchi davrani evrokuboklarga yo'llanma beradigan hududda yakunladi.

CHempionatda atigi ikkitadan g'alaba qozongan "Nyurnberg" va "Gannover"esa 11 ochkodan jamg'arib eng pastki o'rinlarni band etib turishibdi. Pley-off hududidan esa "Shtutgart" jamoasi o'rin olgan.

Qiziq fakt:

* Eng kam gol o'tkazgan jamoa -"Leypcig" (-17)

*Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa -"Nyurnberg"(-38)

*Eng ko'p gol urgan jamoa -"Borussiya" Dortmund(44)

*Eng kam gol urgan jamoa -"SHtutgart"(12)

*Eng ko'p g'alaba qozongan jamoa - "Borussiya" Dortmund(13)

*Eng kam g'alaba qozongan jamoa -"Gannover","Nyurnberg"(2)

*Eng ko'p durang qayd etgan jamoa -"Xoffenxaym"(7)

.

Bundesliga to'purarlari - Luka Yovich ("Ayntraxt") va Pako Alkaser ("Borussiya" Dortmund) - 12

.

Bundesliganing eng yaxshi assistenti - Sebastyan Xaller ("Ayntraxt") - 8 uzatma

.

Eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan darvozabon - Peter Gulashi ("Leypcig") - 7 quruq o'yin

.

Bundesliga birinchi davrasidan keyingi turnir jadvali

.


[kulrang]Manba: championat.asia[/kulrang]
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 15