logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:19
KirishA'zo bo'lish
Ruminiyaning eng sovrindor klubi bosh murabbiyi xo'jayin topshirig'ini bajarmagani uchun ishdan bo's

24 DEKABR, 14:07 148

«Styaua» klubi bosh murabbiyi Nikolae Dika lavozimini tark etdi.

Kecha Buxarest klubi o'z maydonida amaldagi chempion ChFRdan mag'lub bo'ldi (0:2). Natijada Ruminiya chempionatining 21-turiga kelib, ushbu jamoalar o'rtasidagi farq 6 ochkoga etdi: ChFR – etakchi, «Styaua» esa uni taqib etmoqda.

Mahalliy matbuotga ko'ra, asosiy raqibdan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng poytaxt klubi xo'jayini Jiji Bekali bosh murabbiyni ishdan bo'shatishga vada bergan. Malum bo'lishicha, murabbiy klub boshlig'ining o'yinchi almashtirish borasida bergan topshiriqlarini bajarmagani uchun istefoga chiqarilgan.

«U o'z qarorlari bilan mening ustimdan kuldi», – deb aytgan biznesmen.

Nikolae Dika 2017 yil yozidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Malumot uchun, «Styaua» Ruminiya chempionatida eng ko'p g'olib chiqqan klub sanaladi. Jamoa o'z tarixida 26 marta mamlakat chempioni bo'lgan. So'nggi g'alaba 2014/15 yillar mavsumiga to'g'ri keladi.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 29