logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:58
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
«Manchester Yunayted» va «Bavariya» qiziqayotgan futbolchi 80 million evroga baholandi

 24 DEKABR, 12:51 289

Fransiyaning «Lill» klubi iqtidorli hujumchisi Nikolya Pepe narxini belgiladi.

23 yoshli ivuarlikka «Manchester Yunayted» va «Bavariya» klublari qiziqayotgan edi.

Klub sport direktori Luis Kampos fikriga ko'ra, futbolchi 80 million evroga qo'yib yuborilishi mumkin.

«Pepe mavsumni «Lill»da yakunlaydi. Agar kimdir uni qo'lga kiritmoqchi bo'lsa, qo'yib yuborishga tayyormiz. Menimcha, 80 million evro etarli bo'lsa kerak», — dedi Kampos.

Avvalroq, «Lill» Pepeni 30 million evroga «Lion»ga sotmoqchi edi. Ammo, futbolchining o'zi jamoani tark etishni istamadi.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR