logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:54
KirishA'zo bo'lish
Chempionshipdan APLga qaysi klub yo'l olishini taxmin qilish mumkin

24 DEKABR, 09:25 320

.


«Lids Yunayted» klubi Chempionshipning 23-turida «Aston Villa» mehmoni bo'lib, 3 ochko bilan ortga qaytdi.

«Villa Park»dagi uchrashuvning 17-daqiqasidayoq hisob mezbonlar foydasiga 2:0 ko'rinishini oldi, ammo «Lids» ikkinchi bo'limda kambek ijro etdi. 5 daqiqa ichida ikkita gol urgan jamoa qo'shib berilgan 5-daqiqada g'alaba to'pini kiritdi – 3:2.

Ushbu yutuq «Lids»ning ketma-ket oltinchi o'yindagi g'alabasi bo'ldi. Ochkolar sonini 48taga etkazgan yorkshirliklar «Norvich»dan 1 ochkoga oldinda borib, peshqadamlik qilishmoqda.

Statistik manbalarga ko'ra, g'alaba uchun 3 ochko beriluvchi hozirgi tizimga o'tilgandan keyingi vaqt davomida (1981 yildan buyon) Chempionship startidagi 23 turdan so'ng 48 ochko jamg'argan barcha klublar mavsum yakunida APL yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

«Lids» so'nggi marta 2003/04 mavsumini Premer-ligada o'tkazgan edi.

Qayd etish kerak, shu yildan yozdan boshlab klubda taniqli argentinalik mutaxassis Marselo Belsa bosh murabbiy sifatida ishlamoqda.

.


[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 38