logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:33
KirishA'zo bo'lish
Keyn Ouenning noyob natijasini takrorladi

24 DEKABR, 09:24 227

.

Angliya Premer-ligasining 18-turida «Tottenhem» «Everton»ni 6:2 hisobida mag'lub etdi.

«Gudison Park»dagi uchrashuvda mehmonlar hujumchisi Harri Keyn dubl qayd etdi. U «Everton» bilan APL doirasida kechgan ketma-ket to'rt o'yindan buyon kamida ikkita gol urishning uddasidan chiqmoqda.

Keynga qadar APL tarixida ayni bir klub darvozasini usluksiz ravishda to'rt o'yinda kamida ikki martadan ishg'ol etishni faqat Maykl Ouen uddalagan edi. U «Liverpul»ning 1998 yil avgustidan 2001 yil mayiga qadar bo'lgan muddatda «Nyukasl»ga qarshi o'tkazgan o'yinlarida shunday mahsuldorlik ko'rsatgan. (U «qizillar» safini tark etib, «Real»da bir yil o'ynab kelgach, aynan «Nyukasl» azosiga aylangan va to'rt yil shu klub sharafini himoya qilgan).

Kechagi yirik g'alabadan so'ng «Tottenhem» APL jadvalining yuqori uchligida o'z o'rnini mustahkamladi. «Shporlar» peshqadam «Liverpul»dan 6, ikkinchi o'rindagi «Manchester Siti»dan 2 ochkoga ortda qolishmoqda; eng yaqin taqibchilari hisoblanmish ikki hamshahari – «Chelsi» va «Arsenal»dan 5 ochkoga o'zib ketdi.

Uchrashuv qahramonlaridan biri Keyn esa to'purarlar ro'yxatida yuqorilashga erishdi.

.


[kulrang]Manba:
tribuna.uz[/kulrang]
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 18