logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:12
KirishA'zo bo'lish
Kulibali «Napoli»ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanmoqda

24 DEKABR, 08:26 192

«Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali tez orada klub bilan shartnomasini uzaytiradi, deb xabar bermoqda Tuttomercatoweb.

Manbaning keltirishicha, tomonlar yangi bitim shartlari borasida kelishuvga erishib bo'lishgan. Yangilik shu hafta rasman elon qilinishi kutilmoqda.

Yangi shartnomaga muvofiq, 27 yoshli senegallik futbolchiga yiliga 6 mln evro ish haqi to'lanadi. Bu bilan u «Napoli»ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Shuningdek, yangi bitimda uni muddatidan oldin bekor qilish summasi belgilab qo'yilmaydi. Yani Kulibalini sotib olishni istovchi har qanday klub «Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis bilan muzokara o'tkazishi kerak bo'ladi.

Kulibali jamoaga 2014 yili «Genk» safidan kelib qo'shilgan, o'shanda uning transferi 7,75 mln evroga tushgan edi. Joriy mavsumda u A Seriyaning 17 o'yinida qatnashib, ikki marta sheriklariga golli pas uzatdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq «Manchester Yunayted» Kaliduni tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylantirishga tayyorligi xabar qilinganedi.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 31