logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:39
KirishA'zo bo'lish
«Real» bazi shartlar bilan Modrichni «Inter»ga qo'yib yuborishga rozi bo'ldi

24 DEKABR, 08:25 378

«Real» yarimhimoyachi Luka Modrichni «Inter»ga qo'yib yuborish bo'yicha muzokara boshlashga tayyor, deb xabar tarqatdi Don Balon.

Nashr malumotiga ko'ra, Madrid klubi Modrichni neapolliklar himoyachisi Milan Shkrinyar va hujumchi Mauro Ikardiga ayirboshlash ustida bosh qotirmoqda. «Real», shuningdek, transferga 22 yoshli yarimhimoyachisi Daniel Sebalosni ham qo'shib, ustiga yana 25 mln evro to'lashga rozi.

Avvalroq «Inter» yanvarda Luka Modrichni qo'lga kiritishga yana bir bor urinib ko'rishi malum bo'lgandi. O'tgan yozda klublar transfer summasi masalasida kelisha olishmagan edi.

Bu yil FIFA talqini bo'yicha jahonning eng yaxshi futbolchisi va «Oltin to'p» sohibi bo'lgan Modrich «Real»ga 2012 yilda «Tottenhem»dan kelib qo'shilgan. U La Ligada bu mavsum 16 o'yinda qatnashib, 2ta samarali pas muallifi bo'ldi.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 28