logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:17
KirishA'zo bo'lish
«Chelsi» qishda qaysi pozitsiyasini kuchaytirishi zarur?

24 DEKABR, 04:24 422

.

Sarrismo o‘tgan mavsumda Kontening himoyaviy o‘yin uslubining butunlay qarama-qarshi variantini taklif qiladi. «Ko‘klar» ayni vaqtda turnir pog‘onasida 37 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Aynan ular Gvardiolaning «engilmas jamoasi»ni mag‘lub etdi.

«Chelsi» yangi bosh murabbiy Maurisio Sarri qo‘li ostida Premer Liga va Evropa Ligasini ancha muvaffaqiyatli tarzda boshlay oldi. Biroq italiyalik murabbiyning talablariga hamma ham birday javob berganicha yo‘q. Shuningdek, londonliklar so‘nggi vaqtlarda bir necha marta mag‘lubiyat alamini ham totib ko‘rdi.

Sarrismo o‘tgan mavsumda Kontening himoyaviy o‘yin uslubining butunlay qarama-qarshi variantini taklif qiladi. «Ko‘klar» ayni vaqtda turnir pog‘onasida 37 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Aynan ular Gvardiolaning «engilmas jamoasi»ni mag‘lub etdi.

«Chelsi» shuningdek Karabao Kubogining yarim finaliga yo‘llanma olgan. Evropa Ligasi guruh bosqichini oson tarzda bosib o‘tib 1/32 bosqichiga chiqqan.

Ammo Sarri jamoasida bu muammolar yo‘q degani emas. «Ko‘klar» hozirgacha uchta mag‘lubiyatni qabul qilib olgan. Oxirgisi kecha «Lester»ga o‘z uyida yutqazib qo‘ygani bo‘ldi.

Sarrismo tizimida ishlamayotgan ba’zi nuqtalar borki, klub qishda bir necha transfer qilish orqali bularni hal qilib olishi mumkin. Xo‘sh, ular qaysi “og‘riqli nuqtalar”? Quyidagi tahlil ana shu haqida.

Chap qanot himoyasi

Markos Alonso Antonio Konte qo‘li ostida ikki mavsum eng yaxshi qanot himoyachisiga aylangandi. Uning hujumlardagi ishtiroki obro‘sini ancha oshirib yuborgandi.

Ispaniyalik himoyachi ikki mavsum ichida Premer Ligala 18 golga hissa qo‘shdi. 5 uzatma va 13 golga mualliflik qilgan.

Ammo hozir to‘rt kishilik himoyada faqat himoyada o‘ynashga majburligi tufayli uning himoyadagi ojiz nuqtalari ko‘zga tashlana boshladi.

Alonso hujumda o‘ynashni yoqtiradi. Bu mavsumda u hujumdan ko‘ra ko‘proq himoyani o‘ylashga majbur bo‘lmoqda.

Raqib esa Alonsoning ortida ochilib qolayotgan bo‘shliqdan unumli tarzda foydalanib qolmoqda. Buni «Tottenxem» amalda isbotlab berdi.

Sarrida boshqa variant ham bor. Emerson ham ushbu nuqtada o‘ynay olishiga qaramay italiyalik murabbiy unga unchalik ishonch bildirgani yo‘q.

Hujumchi

Mavsumoldi mashg‘ulotlar vaqtida Sarri qo‘li ostida to‘rtta hujumchi bor edi. Yozgi transfer bozori yopilganidan keyin uning ixtiyorida atigi ikkita qoldi.

Mishi Batshuayi va Temmi Abraxam ijaraga berib yuborildi. Morata va Jirulargina markaziy hujumchi hisoblanishadi. Muammo shundaki ularning birortasi ishonchli o‘yin ko‘rsatmayapti.

Morata oktyabr-noyabr oylarida 5 o‘yinda to‘rt gol urib sport formasini tiklagandek edi. Biroq ispaniyalik hujumchi talab qilingan sport formasida emas.

Morata ko‘p o‘yinlarda jismoniy jihatlari tufayli raqibga yutqazib qo‘ymoqda. Unda kamiga o‘ziga bo‘lgan ishonch ham etishmayapti. Buni u psixolog qabulida bo‘lganini aytganidan tushunishimiz mumkin.

Uning muqobili Jiru esa yangi murabbiy talablariga umuman javob bermayapti. Frantsuz hujumchisi o‘zining 10-o‘yinida, «Tottenxem» darvozasiga ichki chempionatdagi birinchi golini urishga erishdi. Ammo u Evropa Ligasida o‘zini ko‘rsatmoqda. Sarriga esa Premer Ligada ham gol uradigan hujumchi kerak.

O‘ng qanot vingeri

«Chelsi»da o‘ng qanot vingerlari bor. Mavsum startida Villian va Pedro ushbu pozitsiyada rotatsiya qilindi. Ispaniyalik hujumchi o‘zining olti goli bilan yaxshiroq variant ekanligini isbotlashga ham ulgurdi.

Bu o‘yin tizimi ishladi. Eden Azar chapda, markazda asosiy hujumchi bilan bunday uslub ish bergandek edi.

Muammo shundaki, Sarri keyinchalik Azardan «aldamchi to‘qqizlik» sifatida foydalana boshlaganida paydo bo‘ldi. Bunday uslubda Sarri maydonga bir vaqtning o‘zida ham Pedro, ham Villianlarni maydonga tushiradi.

Shu tariqa klub ixtiyorida o‘ng qanotda ikkinchi variant yo‘qoladi. Sarri qo‘li ostida faqatgina Pedro uning talablarini bajara oladi.

Variantlarning yo‘qligi Sarrini Loftus-Chikdan ushbu nuqtada o‘ynatishga majbur qilmoqda. Biroq angliyalik hujumchi qanotdan ko‘ra markazda ancha foydaliroq harakat qiladi.

Xadson-Odoi ham o‘ng qanotda o‘ynab ko‘rdi. Lekin u ham bu erda samarali o‘ynay olmadi. Uning nuqtasi baribir chap qanot ekanligi sezildi.

Erkin G‘aybullaev blogi

[kulrang]Manba:
sports.uz[/kulrang]
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 1 / 14