logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:17
KirishA'zo bo'lish
Valverde ketadigan bo'lsa uning o'rniga kim kelishi malum

24 DEKABR, 04:02 1118

.

Afsona yana "Kamp Nou"ga qaytishi mumkin.

Qatarning "Al-Sadd" klubida faoliyat olib borayotgan Xavi kelajakda o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverdening o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod sifatida e’tirof etilmoqda.

El Mundo Deportivo nashrining yozishicha aynan 38 yoshli futbolchining nomzodi ushbu lavozimga da’vogar Massimiliano Allegri ("Yuventus"), Nunu Eshpiritu Santu ("Vulverxempton"), Ronalda Kumana (Gollandiya terma jamoasi), Yoaxim Lyov (Germaniya terma jamoasi), Leonardu Jardim (ishsiz), Terri Anri ("Monako") va Antonio Konte (ishsiz) kabi mutaxassislarnikidan yuqori baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Xavi “Barselona” safida 1998-2015 yillarda to‘p surgan va 505ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 58ta gol urishga erishgan.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 7
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 27