logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:59
KirishA'zo bo'lish
O‘zil Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

24 DEKABR, 01:22 278

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Unga joriy mavsum Turkiya chempionatida peshqadamlik qilayotgan "Istanbul Bashakshexir" klubi jiddiy qiziqish bildira boshladi.

“Mesut O‘zil – bebaho o‘yinchi. Umid qilamanki bir kun kelib albatta u bilan yo‘llarimiz tutashadi. Agar u ham safimizga o‘tishni xohlasa, biz uni sotib olish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz”, -deydi "Istanbul Bashakshexir" klubi prezidenti Gyoksel Gyumyushdag.

Ma’lumotlarga qaraganda turk klubi qishki transferlar davrida 30 yoshli germaniyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olishga urunib ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, "Istanbul Bashakshexir" klubida ayni damda "Arsenal"ning sobiq futbolchilari Gael Klishi hamda Emmanuel Adebayorlar to‘p surishmoqda.

[kulrang]Manba: sports.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 3
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 25