logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:57
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Kavani Argentina chempionatiga o'tmoqda

 27 IYUL, 2023, 22:22

Edinson Kavani "Boka Xuniors" futbolchisiga aylanish arafasida.

Ijtimoiy tarmoq jurnalisti German Garsiya Grovaning xabar berishicha, 36 yoshli urugvaylik futbolchi "Valensiya"ni tark etishga rozi bo'lgan. Yaqin kelajakda Kavani Argentina klubi bilan bir yarim yil muddatga shartnoma imzolaydi.

Iyul oyi boshida Kavani "Boka Xuniors"da o'ynashni orzu qilganini aytdi. Ko'p o'tmay, hujumchini ushbu klub bilan faol bog'lash haqida mish-mishlar tarqala boshladi.

Evropa futbolida Edinson Kavani "PSJ", "Napoli", "Palermo", "Manchester Yunayted" va "Valensiya" klublarida o'ynagan. Ayni damda Transfermarkt portali urugvaylik futbolchini 3 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR