logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:13
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Lukakudan voz kechgan "Inter" "Arsenal" futbolchisi uchun kurashda etakchilik qilmoqda

 27 IYUL, 2023, 22:11

"Inter" Romelu Lukakuni o'z safida saqlab qola olmadi. Matbuotda milanliklar belgiyalik futbolchini "Yuventus" bilan muzokaralar olib borgani uchun u bilan shartnoma imzolashni rad etgani haqida xabar berilgandi.

Endi "neradzurrilar" "Arsenal" futbolchisi Folarin Balogunga ko'z tikishdi. The Independent nashri xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi uchun kurashda aynan "Inter" favorit hisoblanadi.

Shuningdek, AQSh terma jamoasi futbolchisi Folarin Balogunga "Leyptsig" va "Monako" klublari qiziqish bildirmoqda.

Folarin Balogun Transfermarkt portali tomonidan 30 million evroga baholangan.

Eslatib o'tamiz, 2022/2023 yilgi mavsumda Balogun "Reyms"da ijara asosida o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR