logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:52
KirishA'zo bo'lish
Ronalduning do‘sti: "Mbappe Krishtianudan ko‘proq "Oltin to‘p" olishi mumkin"

23 DEKABR, 22:10 455

"Lill"ning sport direktori, avvalroq "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning do‘sti deb xabar berilgan Luim Kampos "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

"Kilian biz ko‘rishni istagan ajoyib futbol ko‘rsatmoqda. U o‘ta yuqori saviyali o‘yinchi. Uni "Real" futbolkasida ko‘ryapman, chunki bu barcha buyuk o‘yinchilar o‘ynashni istaydigan klub. Hozirdanoq "Santyago Bernabeu"da Mbappe ijrosidagi shoularni tasavvur qilyapman.

Mbappe "PSJ"da hozirdanoq Neymardan ko‘ra hal qiluvchi futbolchi. Uning bor-yo‘g‘i 20 yoshda ekanini hisobga olsak, Krishtianudan ham yaxshiroq bo‘la olishi mumkin. Mbappe Ronaldudan ko‘proq "Oltin to‘p" olishi mumkin", - deydi Kampos.

33 yoshli Ronaldu besh karra "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan.

[kulrang]Manba: stadion.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 8
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 16