logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Verrattining "Al-Hilol"dagi maoshi ma'lum bo'ldi

 28 IYUL, 2023, 13:55

Italiyalik yarim himoyachi Marko Verratti Saudiya Arabistoniga o'tish uchun "PSJ"ni tark etishga yaqin turibdi. Yarim himoyachining yangi klubi "Al-Hilol" bo'ladi.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 30 yoshli futbolchi Saudiya klubi bilan 3 yillik shartnomani kelishib olgan. Verrattining maoshi yiliga 48 million evroni tashkil qiladi. "Al-Hilol" yarim himoyachining transferi uchun taxminan 50 million to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, yozgi transfer oynasida Saudiya klubi bir nechta shov-shuvli shartnomalar tuzgan edi. Jamoa safiga hujumchi Malkom, yarim himoyachilar Sergey Milinkovich-Savich va Ruben Nevesh, shuningdek, himoyachi Kalidu Kulibali kelib qo'shildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR