logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:29
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ispaniyalik futbolchi uchun kurashga yana bir grand klub qo'shildi

 24 MART, 2024, 16:42

"Atletiko" jamoani kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

TodoFichajes xabariga ko'ra, "Vilyarreal"ning hujumkor yarim himoyachisi Aleks Baena Madrid klubining radarida bo'lib turibdi.

Qayd etilishicha, bu futbolchini "sariq suv osti kemasi"dan 80 million evroga sotib olish mumkin - bu summa 22 yoshli Baenaning amaldagi shartnomasida ko'rsatilgan.

Aytish joizki, Baenaga ko'proq grand klublar, "Barselona" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.

2023/2024 yilgi mavsumda yarim himoyachi 37 ta rasmiy o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va sheriklariga 13 ta golli uzatma berdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR