logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:27
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Italiya qo'li yo'q posbon jarima zarbasini bartaraf etdi

 22 APREL, 2024, 18:24

Italiya mintaqaviy chempionatida “Valdadije” klubida to'p tepayotgan Alessandro Pigi 2014-yilda baxtsiz hodisa oqibatida 18 ming voltli simlarga tasodifan tegib ketgani sababli qo'lidan ayrilgan edi.

Shifokorlar uning qo'lini amputatsiya qilishga majbur bo'lishdi. Klub rahbariyati unga hurmat-ehtirom ko'rsatib, u bilan shartnomani buzmadi.

Hech kim Pigini darvozaga qo'ymoqchi emas edi, lekin u barcha o'yinlarda jamoa bilan birga borgan. Shunday qilib, u klub darvozabonlaridan biri jarohat olganida jamoasiga yordam berdi.

"Vette" bilan o'yin tugashiga bir necha daqiqa qolganida Pigi maydondan chetlatilgan jamoadoshi o'rnini egalladi.

O'sha paytga kelib tablodagi hisob nolga teng edi va vazifa uni shunday saqlab qolish edi. Pigi  nafaqat buni bajara oldi, balki xavfli jarima zarbasini ham bir qo'li bilan bartaraf etdi. 


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR