LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:14
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
MOQga yangi rahbar saylandi
sana 15 May, 19:53 korildi 104

O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari sifatida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonov MOQning yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda ishonchli manbalar manbalar xabar bermoqda. 

Manbaga ko'ra, 19:00da Milliy olimpiya qo'mitasida Bosh Assambleya ishtirokida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tgan. Yig'ilishda O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etgan. Assambleya nomzod sifatida ko'rsatilgan Rustam Shoabdurahmonovni bir ovozdan qo'llab-quvvatlagan. 

Eslatib o'tamiz, oldinroq Umid Ahmadjonov MOQ prezidenti lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergandik. 

Ma'lumot uchun, Shoabdurahmonlv O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega ob'ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash direktsiyasiga rahbarlik qilib keladi. 

O'z vaqtida Rustam Mavzurovich Toshkent shahar hokimi lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
1882-yil 25-may kuni Jeyms Makoley Uels terma jamoasiga qarshi o'yinda gol urdi va futbol tarixida gol urgan ilk darvozabonga aylangan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 21
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta