LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:12
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Messi uni hayratda qoldirgan klub nomini aytdi
sana 11 May, 16:43 korildi 918

Yaqindagina «Mundo Deportivo» nashri Messi va Koutinoning final va «Liverpul» haqida bergan intervyusini e'lon qildi. Kichik bo'lsada, qiziqarli ma'lumotni saytimiz uchun tarjima qildik

Felippe Koutino

«Liverpul» 2 mavsumdan beri ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Ularga qarshi turib berish istalgan klub uchun juda mushkul. Men ularning Madriddan kubok bilan qaytishlariga zarracha shubha qilmayapman. «Tottenhem» chaqilmas yong'oq kabi mustahkam jamoa va ular ajoyib «Ayaks»ni turnirdan chiqarib yuborishdi, biroq yana aytaman hozirgi «Liverpul»ga qarshi turib berish juda mushkul! Ular hozir yo'llarida uchragan to'siqni parchalab o'tib ketadigan darajada qudratli klubga aylanishgan!

Leo Messi

Men «Liverpul»ni evropaning eng kuchli klubi ekanligi aytishdan zarracha uyalmayman. Bu mavsumda ular yuqorida aytilgan so'zlarga loyiq harakat qilishdi. Bu klub mening karieramdagi  eng kuchli raqib sifatida butun umr yodimda qolishiga shubham yo'q! Ular biz bilan bo'lgan uchrashuvlarda shunchaki daxshatli o'yinlar o'tkazishdi. Yana aytaman va tan olaman o'sha oqshom finalda to'p surish uchun ular bizdan ko'ra  loyiqroq edilar. Bu «Liverpul» klub tarixidagi eng kuchlisi bo'lsa, ajab emas. Men ularga EChL finalida chin ko'ngildan omad tilab qolaman!

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
«Milan»ning afsonaviy futbolchisi Nils Lidxolm «A» seriyasida 367ta o‘yinda 81ta gol urgan va biror marta sariq kartochka olmagan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 26
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta