LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:36
KirishA'zo bo'lish
Messi faoliyatini yakunlamoqchi?!
sana 5 Iyul, 23:05 korildi 758

Lionel Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlash borasida kichik intervyu berdi. Uning so'zlari internet olamida katta shov-shuv ko'tardi va boshqa futbolchilar ham uning qaroriga fikr bildirdi. Bugun e'tiboringizga Messining fikrlarini, so'ngra uning do'stlari tomonidan berilgan intervyuni taqdim etamiz.

Messi

Bu turnir biz uchun juda og'ir o'tdi. Bunga bir nechta sabablarni sanab berishim mumkin. Tan olish kerak, men o'zimdan kutilgan futbolni namoyish eta olmadim. Jamoamiz musobaqaga yaxshi tayyorlanmagani sezilib qoldi. Braziliyaga qarshi uchrashuvda o'zimizni oqlash uchun bir nechta sabablar bo'lsada, mag'lubiyatni tan olish ham mardlik degani. Uchrashuv yakunlandi va endi hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi. O'ylashimcha, bizni tanqid qilish emas, balki hurmat qilishlari zarur. Bu jamoa uchun vaqt kerak. Hozirgi Argentina o'sishda davom etsa, kuchli jamoaga aylanishi aniq. Mening bu jamoa safida kelajakda bo'lishim savol ostida turgan masala. Quvonarlisi shundaki, bu yigitlar mensiz ham o'sishda davom etishmoqda. Men ishonch bilan terma jamoada qolaman deb ayta olmayman. Hammasi mening jismonan va ruhan tayyorgarligimga bog'liq. Hozir bu haqida o'ylashni ham istamayman. Hammasi shu erda tugagani ma'quldek go'yo… Endi bor e'tiborimni klubimga qarataman.

Artur

Men qit'a chempionatining finalida maydonga tushayotganimdan juda xursandman. Bu biz uchun juda muhim musobaqa. Biz o'z muxlislarimizni shod qilmoqchimiz.Argentinaga qarshi kechgan baxsda bizga omad kulib boqdi. Agarda Messining zarbasi darvoza to'siniga tegmaganida, hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi.Hakamlar borasida gapirmoqchi emasman. Ko'pincha hakamlarning qarori hammaga ham yoqavermaydi. Bu futbol va unda hamma narsa bo'lishi tabiiy xol. Messining terma jamoadan ketishi borasidagi so'zlarini eshitdim. Menimcha bu qaror noto'g'i. Uning terma jamoasi uchun foydasi hali ko'p tegishi aniq. Unda hali o'zini ko'rsatish uchun imkoniyatlar mavjud.

Frenki de Yong

Men «Kopa Amerika» musobaqasini kuzatib boryapman. Bu juda qiziq turnir. Unda dunyoning eng kuchli futbolchilari to'p surmoqda. Ularning harakatlarini kuzatgan holda, nimadir o'rganishga, nimanidir aniqlashtirib olishga muvaffaq bo'lishni istayman. Yarim finalda Argentinaga muxlislik qildim va Messining finalda o'ynashini juda istadim. Natijadan qoniqmagan bo'lsamda, Argentina termasining o'yinlaridan ko'nglim to'ldi. Tablodagi hisobga qaramasdan o'sha kuni ular yorqinroq uchrashuv o'tkazishdi. Uning termadan ketmoqchi ekanligini eshitdim. O'ylashimcha, unga bunday yo'l tutish yarashmaydi. Oldinda katta musobaqalar uchun vaqt etarli. Agarda Messi keyingi katta turnirda jamoa  safida bo'lsa, Argentina uzoq kutilgan sovringa ega chiqadi.

Arturo Vidal

Peruga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng biz engil shok holatidamiz. Shunday bo'lsada, bizni 3-o'rin uchun bahs kutib turibdi. Eshitishimcha bu uchrashuv Messi uchun termadagi so'nggisi ekan. U nima qilayotganini juda yaxshi biladigan yigit. Uning har qanday qarorini hurmat qilishimiz shart!

Luis Suarez

Men uning termadan ketish haqidagi qaroridan hayratda qoldim. Terma jamoadagi omadsizlik uni bir necha yillardan beri quvib kelmoqda va uni qo'yib yubormoqchi emas. Tashlab ketish har doim oson, lekin hayotda oxirigacha kurashganlargina g'olib chiqadi. Agarda Messi termadan ketsa, bu uchun umrning oxiriga qadar afsuslanadigan qaroriga aylanishi mumkin. Messi dunyoning eng kuchli futbolchisi ekanligni qariyb 10 yildan beri isbotlab kelmoqda. Men kelajakda nabiralarimga u bilan to'p surganim haqida faxr bilan aytib beraman.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
APL tashkil topganidan beri xech qaysi ingliz murabbiyi mazkur turnirda chempion bo'lmagan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 38
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta