LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:12
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Messi «Barselonada» qolish, yoki qolmasligi borasidagi savollarga javob berdi!
sana 14 May, 15:20 korildi 504

Mana, bir necha kundan beri ko'plab mutaxassislar Messining ketishi yoki qolishini muxokama qilishdan erinmayaptilar. Aynan shu mavzuni to'liq yoritish maqsadida «Marca» nashri futbolchi bilan bog'lanib, undan izoh olishga muvaffaq bo'ldi.

Bu mag'lubiyat nafaqat, «Barselona» uchun balki, men uchun ham kuchli zarba bo'ldi. Sababi, men mavusm boshida muxlislarimizga EChL g'olibligini va'da qilgan  va shu maqsad yo'lida bor kuchimni sarflagan edim. Birinchi uchrashuvda g'alaba qozondik, ikkinchi uchrashuvda esa, omad bizni tark etdi. Boshqachasiga bu xolatni izohlashni xohlamayman.

Klubdan ketishim haqida ko'p o'yladim. Ayniqsa, mag'lubiyatdan so'ng hissiyotlarga berilib «Barselona»dan ketish haqida tinmay o'yladim. Karieram davomida hech qachon «Liverpul»dan qabul qilib olingan mag'lubiyatchalik alamlisi bo'lmagan edi…

Men ketishni biroz ortga surmoqchiman. Sababi, klub yozda bir nechta yangi futbolchilarni jamoaga olib kelishga va'da berdi va biz yangi mavsumda, albatta, bundanda kuchliroq bo'lib EChL g'olibligi uchun kurashamiz.

Men «Barsa»da oxirigacha qolmasam kerak. Nega deysizmi? Gap shundaki,  sharoit va muhitni o'zgartirib ko'rmoqchiman. Bu klubdan ketaman deganim emas. To'g'risi, juda ikkilanyapman. Hozir oila a'zolarimiz va agentim bilan birgalikda shu mavzu ustida bosh qotiryapmiz…

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Karles Puyolning otasi yo‘l ishchisi bo‘lib ishlagan va asfalt yotqizayotganida traktor ostida qolib ketib, fojiali tarzda olamdan o‘tgan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 27
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta