LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:15
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Messi «Barselona»dan ketmoqchi-mi? Jamoadoshlari bu haqida qanday fikr bildirmoqda?
sana 10 May, 18:44 korildi 682

Xabaringiz bor, «Liverpul» bilan bo'lgan bahsning ikkinchi uchrashuvi  Kataloniya klubi uchun ayanchli yakunlandi. O'sha mag'lubiyatdan so'ng Leo Messi jamoadoshlari bilan bitta avtobusda ketishdan bosh tortdi va ortga bir o'zi qaytib ketdi. Bu voqeadan so'ng «Mundo Deportivo» nashri Messining tez orada klubni tark etishi haqida bong ura boshladi. Oradan ko'p vaqt o'tmay Ispaniyaning «Marca» nashri Messining «Manchester Siti»ga o'tmoqchi ekanligini e'lon qildi. Futbolchining o'zi esa  bu borada bayonot berishdan bosh tortmoqda. Aynan shu voqea va Messining ketishi yo qolishi haqida uning jamoadoshlaridan olingan intervyularni e'tiboringizga havola etamiz

Luis Suarez


Avvalo, biz «Liverpul»ga qarshi bahsdan so'ng muxlislarimizdan uzr so'ramoqchimiz. Bundan avval «Roma» bilan bo'lgan uchrashuvdagi xatolarimizni qaytaladik va haqli ravishda jazolandik. O'zimiz va xatolarimiz ustida ishlashimiz shart! To'g'risi  juda alamli mag'lubiyat bo'ldi. Ayniqsa 4-goldan so'ng biz o'zimizni o'spirinlardek tutdik. Messi bizning etakchimiz va sardorimiz. Uning jamoadan ketishiga ishonmayman. U bu shaharni va bu klubni sevadi va futbolchilik davrida bu shahardan uzoqqa keta olmasa, kerak. To'g'ri uning bizdan jaxli chiqqani rost.  U biz YChL finalida o'ynashimiz uchun qo'lidan kelgan hamma ishni qildi, lekin biz pand berib qo'ydik. Klubda hozir ulkan o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Bu o'zgarishlardan so'ng xatolarimizni takrorlamaslikka urunamiz.

Ter Stegen


Bu o'yin hammamizning yodimizda yomon xotiralar bilan qolishi aniq. Ayniqsa, Messining. Sababi, u hammamizdan ko'ra ko'proq g'alaba uchun harakat qildi va ohirigacha kurashdi. Oqibatda esa bizning ayrim kamchiliklarimiz sababli sovrinsiz qoldi. Biz bu ishimiz uchun undan uzr so'radik. U «Barselona»ga kerak. «Barselona»ham unga kerak!  U butun umrini shu klub uchun bag'ishlagan va ohirigacha shunday bo'lib qoladi!

Valverde


Men o'z joyimda qolamanmi yoki yo'qmi, to'g'risi bilamadim, buni rahbariyat hal qiladi. Mana ikkinchi yildirki hisobda oldinda bora turib alamli mag'lubiyatga uchramoqdamiz. Men bu mag'lubiyatlarni to'liq o'z bo'ynimga olaman. «Roma»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng kerakli xulosalarni chiqarishimiz shart edi. Afsuski, biz raqibning o'yinga bunday yondoshuviga tayyor emas edik. Hammasi biz kutmagan tomonga burulib ketdi. Ichki chempionatdagi g'alaba muxlislarimiz uchun hech narsani anglatmaydi, ular YChL sovrinini kutishgan edi. Biz buni uddasidan chiqa olmaganimiz uchun muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Messining ketishi haqidagi savolga javob bera olmayman! Uning klubdan ketgisi bor, ammo klub uni qo'yib yubormoqchi emas. Messi hozircha hech narsani hal qilganicha yo'q!

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Nima qilasan Ferrarini sotib olib, agarda uni Fiat kabi haydasang?" (c) Zlatan Ibragimovich, futbolchi.
Bosh sahifa
Online: 1 / 22
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta