logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:49
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin Pochettino ijobiy fikrda

 22 APREL, 2024, 18:00

"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya kubogi yarim finalida "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin (0:1) jamoasining kayfiyati haqida fikr bildirdi.

“Kayfiyat yaxshi, chunki biz dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi yaxshi o'ynadik. O'tkazib yubormasligimiz kerak bo'lgan golni o'tkazib yubordik, ammo bu futbol. Dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi ko'plab vaziyatlar yaratdik, bu yaxshi. Bir xil ruhda ishlashni davom ettirishimiz va bizga yordam beradigan narsalarni yaxshilashga harakat qilishimiz kerak.

Grilish jarima maydonchasida qo'li bilan o'ynamidi? Men futbolchilarim va klubim haqida gapiryapman. G'alaba qozona olmaganimizdan xafaman. Ba'zi harakatlar hakam yoki VAR tomonidan penalti sifatida talqin qilinishi mumkin. Biz bunga ta'sir qila olmaymiz", - dedi Pochettino.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR