logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:40
KirishA'zo bo'lish
"Manchester Yunayted" futbolchisi Frantsiyaga yo'l olishi mumkin
  13 Yanvar, 20:30  52

.

Angliyaning «Manchester Yunayted» futbolchisi Jessi Lingardga Frantsiyaning «Nitstsa» jamoasi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Angliya matbuoti xabar tarqatmoqda.

OAVning yozishiga qaraganda, Lingard «Nitstsa» vakillari bilan muzokara o'tkazishga ulgurdi. Frantsiya klubi futbolchini «qizil iblislar»dan 2020/2021 yilning yakunigacha ijaraga olmoqchi.

Qayd etish kerakki, Lingard joriy mavsumda bir marta ham maydonga tushmadi. «MYu» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher 28 yoshli futbolchiga ishonch bildirmayapti.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Bosh sahifa
Online: 0 / 17
Foydalanuvchi qoidalari