logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:01
KirishA'zo bo'lish
"Liverpul" sobiq futbolchisi EChLda qo'lga kiritgan medalini sotuvga qo'ydi
 17 Oktyabr, 12:05  157

Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq futbolchisi Stiv Finnan EChLning 2004/05 yilgi mavsumida qo'lga kiritilgan oltin medalini sotuvga qo'ydi.

Daily Mail nashrining yozishiga qaraganda, irlandiyalik futbolchining qurilish kompaniyasi bankrotga uchraganidan keyin shunday qarorga keldi.

Finnan Istambulda "Milan" ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin olgan medalini 12 mingdan 15 ming funtgacha sotishga tayyor. Shuningdek, «Milan» klubiga qarshi o'yinda maydonga kiyib tushgan futbolkasini 2-2,5 ming funtga sotib yubormoqchi.

Qolaversa, sobiq futbolchi EChL bosh sovrining nusxasini 5-7 ming funtga sotmoqchi.

EChLning 2004/05 yilgi mavsumida «Liverpul» «Milan» klubini penaltilar seriyasida mag'lub etgandi. O'sha bahsda Finnan asosiy tarkibda maydonga tushgandi,, biroq, jarohat olganligi sababli tanaffus paytida almashtirib yuborilgandi.

Irlandiyalik futbolchi «Liverpul» tarkibida 2003 yilgacha 2008 yilgacha 217 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Rayan Giggz faoliyatini Manchester shahrining ikkinchi klubi – «Manchester Siti»da boshlagan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 11
Foydalanuvchi qoidalari
most
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Контакты