LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:39
KirishA'zo bo'lish
Legionerlar: Shomurodov jamoasiga g'alaba keltirdi, Rashidov Kaka o'rniga zaxiradan maydonga tushdi
sana 15 Aprel, 18:37 korildi 153
Dam olish kunlari legionerlarimiz o'z klublari tarkibida o'yinlar o'tkazib, turli natijalar qayd etishdi.   Eldor Shomurodov Milliy terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodov uchun navbatdagi tur omadli keldi. U Rossiya chempionati 23-turida "Rostov" tarkibida "Spartak" Moskva jamoasiga qarshi o'yinda hisob 1:1 bo'lib turgan paytda 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, gol kiritdi. Uning goli yakunda "Rostov"ga g'alaba keltirdi - 2:1. Ushbu g'alabadan keyin "Rostov"ning ochkolari soni 35taga etdi. Ular musobaqa jadvalida 6-pog'onada borishmoqda.   Sardor Rashidov Terma jamoamiz a'zosi Sardor Rashidov to'p surayotgan Portugaliyaning "Nasonal" jamoasi mamlakat chempionatida u qadar muvaffaqiyatli qatnasha olmayapti. 29-turda "Nasonal" "Boavishta"ga qarshi safarda o'yin o'tkazdi va kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi.Hamyurtimiz mazkur o'yinning 75-daqiqasida braziliyalik Kaka o'rniga zaxiradan maydonga tushdi (Aytish kerakki, bu o'sha mashhur Kaka emas, balki boshqa yosh futbolchi). Hozirda "Nasonal" musobaqa jadvalida 16-o'rinda bormoqda.   Vitaliy Denisov Vitaliy Denisov Rossiya chempionati 23-turida "Krilya Sovetov" klubi tarkibida "Rubin"ga qarshi 90-daqiqa to'p surdi. O'yin "Krilya Sovetov" jamoasining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu g'alabadan keyin Denisov jamoasi 27 ochko bilan 11-pog'onada bormoqda.   Doston Tursunov "Jey-liga 2" chempionatida to'p surayotgan Doston Tursunov 9-turda "Renofa Yamaguchi" safida "Kagoshima Yunayted" jamoasiga qarshi to'liq 90-daqiqa harakat qildi. O'yin 1:0 hisobida "Renofa" g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu g'alabadan keyin Tursunov jamoasi 8 ochko bilan 19-o'rinda bormoqda.    Rustam Ashurmatov Rustam Ashurmatov "Key liga-2" chempionati 6-turida "Gvangju" - "Daejon" uchrashuvida to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.  Ayni paytda "Gvangju" jamoasi musobaqa jadvalida 1-o'rinda bormoqda.   Odil Ahmedov Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov to'p surayotgan "Shanxay SIPG" jamoasi Xitoy chempionati 5-turida "Uxan" klubiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.  Odil Ahmedov mazkur o'yinda maydonga tushmadi. "Shanxay" klubi ayni paytda musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda.    Fozil Musaev Fozil Musaev to'p surayotgan "Jubilo Ivata" jamoasi "Jey liga" 7-turida "Shimitsu" klubiga qarshi maydonga tushdi va 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Musaev bu o'yinda qatnashmadi. "Jubilo Ivata" musobaqa jadvalining 14-pog'onasida boryapti.   Ikrom Aliboev "Key liga-1" chempionati 7-turida terma jamoamiz a'zosi Ikrom Aliboev to'p surayotgan "Seul" jamoasi "Gangvon" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Ikrom Aliboev mazkur o'yinda maydonga tushmadi. Hozirda "Seul" musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda. 

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Jahon chempioni bo'lish tunda qovushishdan ham zavqliroq. Sababi, mundial har 4 yilda bir marotaba o'tkaziladi" (c) Ronaldo, Braziliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 32
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta