logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:16
KirishA'zo bo'lish
La liga. «Xetafe» EChL yo'llanmasi uchun kurashda «Real Sosedad»ni mag'lub etdi
 30 Iyun, 05:15  58

Ispaniya chempionatining 32-turiga yakun yasaldi. Evropa chempipionlar ligasi uchun kurash olib borayotgan «Xetafe» va «Real Sosedad» klublari o'zaro to'qnash kelishdi.

Mezbonlar bahsning 20-daqiqasida penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi va Xayme Mata undan samarali foydalandi. Ikkinchi bo'lim boshida esa Yanuzay muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi.

Uchrashuv tugashiga 7 daqiqa qolganida yana o'sha Mata madridliklarga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Ushbu g'alaba tufayli "Xetafe" o'z ochkolarini 51taga etkazib oldi. Jamoa 4-o'rindagi "Sevilya"dan bor-yo'g'i 1 ochko ortda qolmoqda. "Real Sosedad" esa 47 ochko bilan 7-o'rinda qolib ketdi.

La liga. 32-tur
«Xetafe» - «Real Sosedad» - 2:1
Gollar: Mata, 20 s penalti (1:0). Yanuzay, 55 (1:1). Mata, 83 (2:1).
«Xetafe»: Soriya, Nom (Etebo, 69), Suares, Chema Rodriges, Kukurelya (Jeyson, 82), Maksimovich, Arambarri, Olivera, Echeyta, Mata (Timor, 90), Duro (Molina, 68).
«Real Sosedad»: Remiro, Elustondo (Djuaxra, 89), Monreal, Pacheko (Subimendi, 78), Saldua, Yanuzay (Villian Joze, 78), Merino, Oyarsabal, Subeldiya, Le Norman, Isak (Portu, 67).

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"Futbol qiroli" Pele 1375 o'yinda 1284 ta gol kiritgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 45
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Butsa.uz@gmail.com