LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:37
KirishA'zo bo'lish
La liga. «Real» safarda durang o'ynadi
sana 16 Aprel, 05:57 korildi 148

Madridning "Real" klubi ushbu mavsumda 2-o'rin uchun kurashda ham imkoniyatni boy beradigan ko'rinadi. Zidan shogirdlari Ispaniya chempioanatining 32-turi doirasida "Leganes" maydoniga safar uyushtirib, bor-o'g'i 1 ochko bilan qaytishdi.O'yin davomida to'p nazorati bo'yicha ustunlik "Qirollik klubi" tomonida bo'ldi. Mehmonlar raqib darvozasi tomon bosim uyushtirgan bo'lsalar-da, golga tortadigan vaziyatlarni ko'p yarata olishmadi. Dastlabki 15 daqiqa ichida har ikkala jamoa bittadan juda qulay vaziyatlarni ko'kka sovurdi. "Leganes" esa nomdor jamoa bosimiga dosh berish bilan birgalikda, birinchi bo'lim so'ngida hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi bo'lim boshida Modrichning ajoyib uzatmasidan keyin Benzema yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Uning dastlabki zarbasini posbon qaytargandi. Qaytgan to'pni Karimning o'zi darvozaga joylab qo'ydi. O'yin so'ngiga qadar "qaymoqranglilar" yana 2-3ta xavfli vaziyat yaratishdi. Ammo "Leganes" darvozaboni Ivan Kuelyar yaxshi harakat qilib, o'z darvozasidan boshqa to'p olib chiqmadi. Shu tariqa, "Real" endi 2-o'rinda borayotgan "Atletiko"dan 4 ochko ortda qolmoqda. Ispaniya chempionati, 32-turLeganes – Real Madrid 1:1 (1:0, 0:1)Gollar: 1:0 – 45 Silva, 1:1 – 51 Benzema. Leganes – Kuelyar, Nom, Bustinsa, Omeruo, Siovas, Silva, Eraso (El-Jar, 71), Peres, Mikel Vesga (Resio, 85), Karrilo (En-Nesiri, 65), Breytueyt.Real Madrid – Navas, Karvaxal, Varan, Nacho, Marselo, Modrich, Kazemiro, Valverde, Asensio (Beyl, 81), Benzema, Isko (Vaskes, 77).Ogohlantirishlar: Karvaxal (48), Asensio (61), Valverde (67).

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Futbolda kuchli jamoa yutmaydi, aksincha, yutgan jamoa kuchli bo'ladi" (c) Franc Bekkenbauer,Germaniya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 38
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta