logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:06
KirishA'zo bo'lish
La liga. «Real» o'z uyida debyutantga yutqazdi
 17 Oktyabr, 23:37  60

Ispaniya chempionatining 6-turi doirasida "Real" o'z uyida "Kadis"ni qabul qilib, kutilmaganda, imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Joriy mavsumda La ligaga chiqishga muvaffaq bo'lgan jamoa bahsni ancha faol boshladi. 2-daqiqadayoq mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi, ammo darvozaga kirayotgan to'pni Ramos chiziq ustida qaytarib qoldi. Oradan 6 daqiqa o'tib esa Losanoning zarbasini Kurtua qaytardi.

Losanoning o'zi 16-daqiqada hisobni ochdi. Negredo tomonidan bosh bilan etkazilgan uzatma natijasida futbolchi yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va to'pni Kurtuaning ustidan oshirib, darvozani ishg'ol qildi.

"Real" birinchi bo'limning so'nggi daqiqalari va ikkinchi taymda vaziyatni o'nglashga harakat qildi. Bahsning 80-daqiqasida Yovich darvozani ishg'ol qildi, ammo uzatma bergan Benzema ofsaydda qolgan edi. Oradan 1 daqiqa o'tib Karim tomonidan yo'llangan zarba natijasida to'p to'singa tegib qaytdi.

Shu tariqa, "Kadis" muhim g'alabaga erishdi va o'z ochkolarini 10taga etkazib, "Real" bilan tenglashib oldi.

Ispaniya La ligasi, 6-tur
Real Madrid – Kadis 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 16 Losano.
Real Madrid – Kurtua, Marselo, Ramos (Militao, 46), Nacho, Varan, Isko (Valverde, 46), Kroos (Yovich, 78), Vaskes (Asensio, 46), Modrich (Kazemiro, 46), Vinisius Junior, Benzema.
Kadis – Ledesma, Kala, Espino, Akapo, Fali Ximenes, Aleks Fernandes (Xayro Iskerdo, 86), Yonsson (Augusto Fernandes, 86), Xose Mari (Garrido, 76), Salvi Sanches, Negredo (Ximenes, 81), Losano (Malbashich, 46).
Ogohlantirishlar: Ramos (34), Militao (90).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"Italiya futboli - qo'rquv o'yini. Ikki futbolchi hujum qiladi, 10 kishi bo'lib esa himoyalanadi. Yosh futbolchilar esa zaxirada o'tirishadi" (c) Arrigo Sakki
Bosh sahifa
Online: 0 / 15
Foydalanuvchi qoidalari
most
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Контакты