logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:58
KirishA'zo bo'lish
Kuchuk Xitoy klubini boshqarishi mumkin
 8 Noyabr, 17:35  80

Rossiyaning «Lokomotiv» va «Rostova» klublari sobiq bosh murabbiyi Leonid Kuchuk xizmatlariga Xitoyning «Beytszin Goan» klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaning tarqatgan xabariga qaraganda, belorussiyalik mutaxassis qishda Xitoyga yo'l oladi.

— «Beytszin Goan» klubi rahbariyati jamoaning natijalari salbiy bo'lgan taqdirda Kuchukni jamoaga olib kelishi mumkin. «Beytszin Goan» klubi oldida mamlakat chempionligini qo'lga kiritish vazifasi turibdi. Agar ushbu vazifa uddalanmasa, u holda jamoani Leonid Kuchuk boshqaradi, — dedi manba.

60 yoshli mutaxassisning o'zi esa ushbu xabar haqida izoh bermasligini aytdi.

— Bu taklif haqida hech narsa eshitganim yo'q. Shu bois bu boradi sizga hech narsa ayta olmayman, — dedi Kuchuk.

«Beytszin Goan» klubi chempionat yakunlanishiga 3 tur qolgan ayni pallada turnir jadvalining uchinchi pog'onasini band etib turibdi. «Guanchjou» klubi esa ikki ochko ko'p jamg'argan holda turnir jadvalini boshqarib bormoqda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
«Penyarol» va «Nasonal» jamoa-lari bahsida (1990 yil) hakam 22ta qizil kartochka ko‘rsatgan, buning ustiga, 9 nafar futbolchi va bir murabbiy hibsga olingan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 35
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™