logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:58
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Yuventus" futbolchisi: "Orzum? Bir kun kelib "Real"ga o'tish"

 8 APREL, 2024, 02:54

"Yuventus" yarim himoyachisi, ayni damda "Frozinone"da ijarada o'ynayotgan Matias Soule orzusi haqida gapirdi.

20 yoshli futbolchining so'zlariga ko'ra, u faoliyatining qaysidir bosqichida "Real"da o'ynashni xohlaydi.

"Mening orzum bir kun kelib "Real Madrid"ga o'tish, bu aql bovar qilmaydigan bo'lardi", dedi Soule.

"Mening kelajagim? "Yuventus" bilan muzokaralar olib bormoqdaman, lekin nima bo'lishini hali bilmayman. Menda o'yin vaqtini olish imkoniyati yo'q edi, shuning uchun men "Frozinone"ga ijaraga o'tishga rozi bo'ldim", - deydi argentinalik futbolchi.

2023/2024 yilgi mavsumda Matias Sule 32 ta o'yinda o'nta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR