logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:48
KirishA'zo bo'lish
Konor Makgregor koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln evro xayriya qildi
 26 Mart, 18:55  20

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor koronavirusga qarshi kurash uchun 1 million evro xayriya qildi. Bu haqda sportchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari  orqali ma'lum qildi.

Konor mabg'alni shifoxonalarga yordam berish yo'lida sarflashni maqsad qilgan. Yakkurashchi Irlandiya moliya vaziri Paskal Donoxyu bilan yozishmalarini e'lon qilgan.

«Bugun men bir million evroga shaxsiy himoya vositalarini sotib olaman. Ularni Lensterdagi barcha shifoxonalarga tarqatib chiqaman. Bu ayni damda eng ko'p aziyat chekkan hudud», — deya yozadi Makgregor.

Ma'lumot uchun, 26 mart holatiga Irlandiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 1560 dan ortdi. 9 kishi virus oqibatida vafot etgan.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Alan Shirer yoshligida duradgor bo‘lishni orzu qilgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 32
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™