logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:30
KirishA'zo bo'lish
Katta pullardan voz kechgan futbolchilar
 2 Noyabr, 03:20  324

Futbol allaqachon katta biznesga aylanib ketgani hech kimga sir emas. Ushbu sport turida katta g'alabalarni qo'lga kiritish o'rniga katta maosh ortida kuchsiz chempionatga yo'l olayotgan futbolchilar soni kundan kunga orti bormoqda. Shunday bo'lsada, o'z istaklarini puldan avzal ko'ruvchi char to'p ustalar ham yo'q emas. Bugun ana shunday futbolchilar haqida so'z boradi.

Krishtiyanu Ronaldu

Portugaliyalik futbolchini o'z safida ko'rish uchun ko'plab klublar harakat qilishi tabiiy, biroq 2018-yilning yozida Ronalduga taklif etilgan shartnoma haqida alohida to'xtalib o'tish lozim.

O'z faoliyati davomida chempionlik uchun kurash olib boruvchi jamoadalardagina to'p surgan Krish «Yuventus»ga o'tish arafasida Xitoyning bir nechta klublaridan taklif oladi. Eng qizi'I shundaki, ushbu klublardan biri futbolchi uchun yiliga 120 million evro maosh ko'rsatilgan 2 yillik shartnoma taklif qiladi. Bundan tashqari, shartnomada futbolchining o'zi istagan paytida kontraktni barbod qilishi mumkin ekanligi va bunday xolatda hech qanday badal puli to'lamaslik bandi ham majvud edi. «Marka» nashrining xabar berishicha, Ronalduning agenti Jorjo Mendesh ushbu masala bo'yicha Ronaldu bilan bir necha bor maslahatlashgan va uni ko'ndirishga urunib ko'rgan. Portugaliyalik futbolchining rad javobini bergachgina, «Yuventus» bilan transfer masalasi ko'rib chiqilgan ekan.

Villian




Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumda qit'amiz klublarining bir nechtasidan ajoyob takliflar olgan bo'lsada, o'z jamoasida qolishni avzal ko'rdi. Angiliyaning «Mirror» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, «Shanxay Shenxua» futbolchi uchun yiliga 20 million evro maosh belgilagan shartnoma taklif qilgan. Bundan tashqari, Xitoyning eng qimmat turar joy maskanidan juda katta uy, haydovchilar biriktirilgan ikkita mashina va futbolchi va uning oila a'zolarining barcha samaliyot chiptalarini 2 yil mobaynida to'lashga tayyor ekanliklarini bildirishgan edi.

Villian esa, «Chelsi» yangi shartoma taklif qilmaganiga qaramay, jamoada qolishini e'lon qildi. Transfer oynasi ochilishi bilan MLSning bir nechta klublari Villianni tarkibga qo'shib olishga harakat qilgan bo'lsada, qahramonimiz top darajadagi birinchilikda ishtirok etish uchun barchasini rad etgani tahsinga sazovar.

Antonio Di Natalia


Italiyaning «Udineze» jamoasi siymosi va klubning tirik afsonasi sanaladigan Antonio Di Natalia yuroqida nomi zikr qilingan futbolchilardan farqli o'laroq, u qadar katta to'lamaydigan klubiga sodiq qolgani hayratlanarli. O'z faoliyati davomida bir necha bor «A tseriya»ning to'purariga aylangan hujumchi 2010-yilda «Yuventus»ning taklifini rad etadi. «Le Gazzeta Della Sport» nashri bergan ma'lumotga ko'ra, «Yuve» futbolchi uchun 3 yillik shartnoma taklif etgan. Agarda Di Natalia ushbu taklifni qabul etganida, uning maoshi bir necha barobar ortishi mumkin edi va eng muhimi «A tseriya» chempioniga aylanish imkoni mavjud edi. Oradan 4 yil o'tgach esa, Xitoyning «Guanjou Evergrand» jamoasidan ajoyib taklif kelib tushadi. Klubning o'sha davrdagi murabbiyi Marchello Lippining taklifi va yiliga 10 million evro maosh belgilangan 2 yillik shartnoma ham «Udineze» faxriysini fikridan qaytara olmagani tahsinga sazovar.

Sesk Fabregas


2016-yil Fabregas uchun omadsiz o'tganidan xabaringiz bor. «Chelsi» klubining asosiy tarkibidan tushib qolgan yarim himoyachi asosiy vaqtini zahira o'rindig'ida o'tkazgan bo'lsada, qishki transfer oynasi chog'ida Xitoy klublaridan ajoyib taklif oladi. «Goal.com» saytining bergan ma'lumotlariga qaraganda «Dalyan Ifan» jamoasi ikki kara Evropa chempioni uchun yiliga 31 million funt sterlinga maosh ko'rsatilgan shartnoma taklif qilgan bo'lsada, Fabregas «Chelsi»da qolishni avzal bilgan. Yoshi o'tib qolgan futbolchilarning aksariyati katta pul ishlab olish maqsadida kuchsizroq chempionatlarga yo'l olishi urfga aylangan bo'lsada, Fabregas o'zining so'nggi mavsumlarini ham saviyali jamoalarda o'tkazishni avzal bilgani tahsinga sazovor.


Kaka


Hozirda Gvardiola qo'l ostidagi «Manchester Siti» Evropaning eng kuchli klublaridan biriga aylangan bo'lsa, 2009-yilda hali jamoa sifatida yaxshi shakillanmagan, kelajagi mavfhum klub edi. Aynan o'sha yili «shaxarliklar» «Milan» klubi bilan Kaka borasida muzkaralarni boshlagan, braziliyalik uchun 100 million evrodan voz kechishga tayyor ekanligini bildirgan edi. Milan jamoasi o'sha davrlar uchun fantastik summa evaziga Kakani APLga qo'yib yuborishga rozi bo'lgan bo'lsada, futbolchining o'zi «Milan»da qolishni avzal biladi. Vaholanki, Shayx Mansur jamoasi Kakaga «Milan»dagi maoshidan 7 barobar kattaroq maosh ko'rsatilgan 4 yillik shartnoma taklif qilishgan edi. Kaka esa, o'zini Milanda baxtli ekanligini aytib, katta pullardan voz kechadi. To'g'ri, «Milan» oradan bir necha yil o'tib uni «Real Madrid»ga sotib yuboradi, lekin Kaka Ispaniyaga o'z hoxishi bilan emas, sevimli klubining iltimosiga binoangina ko'chib o'tadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Italiya terma jamoasi eng uzoq chempionlikni o‘zida saqlab turgan jamoa hisoblanadi. 1934 va 1938-yillarda jahon chempioni bo‘lgan bo‘lsa, 1942 va 1946 yillarda ikkinchi jahon urushi sababli turnir o‘tkazilmagan.
Bosh sahifa
Online: 2 / 21
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™