logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Saloh ham Klopp ketganidan keyin "Liverpul"ni tark etish niyatida

 20 APREL, 2024, 10:48

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh yozgi transfer oynasida ingliz klubini tark etishi mumkin.

The Sun nashri xabariga ko'ra, Saloh bosh murabbiy Yurgen Klopp ketganidan keyin "Liverpul"ni tark etmoqchi. Nemis mutaxassisi mavsum yakunida iste'foga chiqishini ma'lum qilgandi.

Misrlik futbolchiga asosiy da'vogar Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi hisoblanadi. Jamoa rahbariyati forvard uchun 200 million funt to'lashga tayyor.

Joriy mavsumda Muhammad Saloh inglizlar jamoasi safida barcha turnirlarda 38 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR