logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:04
KirishA'zo bo'lish
Italiyalik futbol agenti Eldor Shomurodov transferi haqida: «Jenoa» katta xatoga yo'l qo'ydi
  27 Noyabr, 22:45  272

.

Italiyalik futbol agenti Marko Trabukki o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning «Rostov»dan «Jenoa»ga transferi haqida gapirdi.

"Shomurodovni hech qanday yaxshi vaziyat kutmayapti. «Jenoa»da hujumchi 90 daqiqa ichida uchta yaxshi uzatma qabul qiladi. Bu yaqqol unga teskari. Bu «Jenoa»ning katta xatosi va «Rostov» uchun yaxshi kelishuv.

«Jenoa» nega uni sotib oldi? Ular shunchaki katta xatoga yo'l qo'ydi. Shomurodovga juda ko'p hujum qiladigan klub kerak. Roman Eryomenko kabi ajoyib uzatmalar qilib beradigan sherik zarur. Uning «Rostov»dagi so'nggi yili esa omadsiz bo'ldi.

Shomurodovni hurmat qilishimni aytgan holda shuni ta'kidlamoqchiman, menimcha, bu muvaffaqiyatsiz transfer. Yaqinda uni yarim narx evaziga Rossiyaga qaytarish mumkin bo'ladi", — dedi Marko Trabukki.

Shomurodov A Seriya joriy mavsumida uchta o'yin o'tkazib birorta ham samarali harakat amalga oshira olmadi. Italiya Kubogi 1/16 finali doirasida o'tgan «Sampdoriya«ga qarshi o'yinda (3:1) Eldor golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Bosh sahifa
Online: 0 / 16
Foydalanuvchi qoidalari