logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:40
KirishA'zo bo'lish
Italiya kubogi. «Inter» qo'shimcha bo'limda «Fiorentina»ni mag'lub etdi
  13 Yanvar, 21:55  23

.

Italiya kubogining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan yana bir marta o'yin bo'lib o'tdi. «Inter» safarda «Fiorentina» klubi mehmoni bo'lib, qiyin g'alabaga erishdi.

Birinchi bo'lim tugashiga 5 daqiqa qolgani mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Arturo Vidal esa undan samarali foydalanib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo'limda Kuame hisobni tenglashtirdi va bahs qo'shimcha bo'limlarga o'tdi. Ekstra-taymlar tugashi arafasida Romelu Lukaku "Fiorentina" darvozasini ishg'ol qilib, "Inter"ning g'alabasini ta'minladi.

Italiya kubogi chorak final bosqichida «Milan» va «Inter» klublari o'zaro to'qnash kelishadi.

Italiya kubogi, nimchorak final
Fiorentina – Inter 1:2 (0:1, 1:0, 0:0)
Gollar: 0:1 – 40, penalti Vidal, 1:1 – 57 Kuame, 1:2 – 119 Lukaku.
Fiorentina – Terrachchano, Kaseres (Venuti, 53), Martines, Igor Julio, Biragi, Esserik (Vlaxovich, 52), Amrabat, Bonaventura, Kastrovilli, Milenkovich, Kuame (Kalexon, 97).
Inter – Xandanovich, Kolarov, Yang (Hakimiy, 69), Ranokkiya, Shkrinyar (de Vrey, 61), Galyardini (Barella, 81), Perishich, Vidal (Brozovich, 94), Eriksen, Sanches, Martines (Lukaku, 69).
Ogohlantirishlar: Esserik (6), Bonaventura (27), Shkrinyar (45), Kuame (58), Eriksen (79), Igor Julio (79), Vidal (84), Xakimi (112), Ranokkiya (117), Sanches (120), Lukaku (120).

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Bosh sahifa
Online: 0 / 17
Foydalanuvchi qoidalari