logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:39
KirishA'zo bo'lish
Isroil Madrimov jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqadi
 1 Avgust, 13:59  64

Professional boksning super yarim o'rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga ko'tarilayotgan Isroil Madrimov 15 avgust kuni Oklahomada Erik Uolkerga qarshi ringga ko'tarilishi haqida xabar bergandik.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu jang WBA vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun kechadi. Bugun WBA yangi reytingi e'lon qilindi va unda Uolker bir yo'la 6-o'ringa ko'tarildi. Vakant bo'lgan vaqtinchalik chempionlik kamari uchun ringga chiqadigan bokschilar reytingda kuchli o'nlikdan joy olgan bo'lishi lozim. Aynan shu maqsadda Uolker top reytingga kiritilgan. Isroil rasmiy da'vogar sifatida 2-o'rinni band etib turibdi.

Eslatib o'tamiz, o'sha kuni Shahram G'iyosov ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Gerbert Chepmen “The Arsenal” klubi nomini Division One (hozirgi Premer liga)dagi alfavit tartibida tuzilgan ro’yxatda birinchi o’rinda turishi uchun “Arsenal” deya o’zgartirgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 39
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Butsa.uz@gmail.com