logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:39
KirishA'zo bo'lish
Gollarga boy o'tgan o'yinda «Bavariya» PSJga o'z maydonida imkoniyatni boy berdi

8 APREL, 02:20 153

.

Chempionlar ligasi chorak final dastlabki uchrashuv doirasida «Bavariya» o'z maydonida PSJni qabul qildi va dramatik tarzda kechgan bahsda imkoniyatni boy berib qo'ydi (2:3).

Dastlab o'yinda Mbappe tezkor gol evaziga hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik Markinos parijliklar safidagi ikkinchi golga ham mualliflik qildi. «Bavariya» esa tinimsiz hujumlar evaziga nihoyat vaziyatni tenglashtirgandi. «Qizillar» safidagi gollarga Shupo-Moting hamda Myuller mualliflik qildi.

Lekin baribir Mbappe yana katta sahnaga chiqdi va farqni jamoasi tomoniga hal qilib qo'ydi - 3:2. Shundan so'ng, mezbonlarning xavfli hujumlari ha deganda golga aylanavermadi.

"Bavariya" (Germaniya) – PSJ (Frantsiya) 2:3

Gollar: Shupo-Moting 37', Myuller 60' – Mbappe 3', 68', Markinos 28'

Bavariya – Noyer, Pavar, Lyuka Ernandes, Alaba, Zyule (Boateng, 42), Sane, Goretska (Devis, 33), Koman, Myuller, Shupo-Moting, Kimmix.

PSJ – Navas, Diallo (Bakker, 46), Markinos (Errera, 30), Dagba, Kimpembe, Guye, Di Mariya (Kin, 71), Danilu Pereyra, Draksler, Mbappe, Neymar (Rafinya, 90).
Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (35), Draksler (62), Kimmix (70), Boateng (72), Shupo-Moting (89).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 19