logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:38
KirishA'zo bo'lish
FIFA «The Best-2020» g'oliblarini taqdirlash marosimi qancha o'tkazilishini ma'lum qildi
 20 Noyabr, 22:47  137

"The Best FIFA Football Awards" marosimi shu yilning 17 dekabr kuni o'tkaziladigan bo'ldi. Koronavirus pandemiyasi tufayli tadbir onlayn formatda bo'lib o'tadi.

Nominatsiyalar bo'yicha nomzodlarga ovoz berish jarayoni esa 25 noyabrdan 9 dekabrga qadar o'tkaziladi.

"Mazkur yilda sog'liq barcha narsadan ustun ekani ma'lum bo'ldi. Futbol musobaqalari qayta boshlanganidan keyin u insonlarga quvonch ulashuvchi kam sonli voqeaga aylandi. Xavfsizlik choralaridan kelib chiqib taqdirlash marosimini onlayn formatda o'tkazishga qaror qildik", – deyilad FIFA matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

An'anaga ko'ra, marosimda 11ta nominatsiya bo'yicha g'oliblar aniqlanadi:

— yilning eng yaxshi futbolchisi;
— yilning eng yaxshi ayol futbolchisi;
— yilning eng yaxshi murabbiyi (erkaklar jamoalarida);
— yilning eng yaxshi murabbiyi (ayollar jamoalarida);
— yilning eng yaxshi darvozaboni (erkaklar jamoalarida);
— yilning eng yaxshi darvozaboni (ayollar jamoalarida);
— Yil ramziy jamoasi (erkaklar va ayollar);
— "feyr-pley" sovrini,
— yilning eng yaxshi goli (Pushkash sovrini)
— "Fan Award" sovrini.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Aleks Songning 17 nafar opa-singlisi, 10 nafar aka-ukalari bor.
Bosh sahifa
Online: 0 / 21
Foydalanuvchi qoidalari
most
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Контакты