LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:08
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Fazliddin G'oibnazarov Shohjahon Ergashevga mag'lub bo'lgan bokschi bilan jang qiladi
sana 15 Aprel, 10:37 korildi 71

Rio Olimpiadasi chempioni, ayni paytda professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarovning navbatdagi raqibi aniq bo'ldi. 11 may kuni o'tadigan boks oqshomida yurtdoshimiz amerikalik Maykl Foksga qarshi jang olib boradi. Ushbu qarama-qarshilik Arizonada o'tishi belgilangan.

Yodingizda bo'lsa, Maykl Foks shu yilning 15 fevral kuni boshqa bir hamyurtimiz Shohjahon Ergashevga qarshi ringga ko'tarilib, faoliyatidagi birinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. Ta'kidlash joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida g'alaba qozongan.

“Biz bo'lajak bahsga jiddiy hozirlik ko'rmoqdamiz. Hali vaqt bor, umid qilamanki, navbatdagi g'alabam bilan barcha boks muxlislarini xushnud etaman”, – dedi Fazliddin G'oibnazarov.

Eslatib o'tamiz, yurtdoshimiz shu paytgacha professional boksda 7 bor jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
Paragvay chempionatida bahs olib boruvchi “Sportivo Ameliano” va “General Caballero” jamolari o’rtasida 1993-yilda o’tkazilgan bahsda hakam jami 20 ta qizil kartochkani cho’ntagidan chiqarishga majbur bo’lgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 29
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta