LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:42
KirishA'zo bo'lish
Erta so'ngan o'zimizning yulduzlar
sana 15 Aprel, 18:33 korildi 133

Meksikada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida porlagan Timur Hakimov va Abbos Maxsitalievlardan muxlislarimizning umidlari katta edi. Afsuski, ular professional darajaga chiqa olishmadi. Bugun aynan shunday futbolchilarimiz to'g'risida so'z boradi

Vladimir Kozak

Bu yigit o'z tengqurlari orasida alohida ajralib turar, haqli ravishda etakchi futbolchi edi. Uning maydondagi harakatlarini ko'rgan ko'plab futbolchilar o'zbek futbolining kelajagi deb aynan Kozakni e'tirof etishardi va shu sabab u tinimsiz terma jamoaga chaqiruv olar, klubida ham asosiy tarkibda maydonga tushardi. Yosh organizm katta yuklamalarga dosh bera olmadi va futbolchining o'yinida o'sish o'rniga pasayish kuzatila boshlandi. Uni murabbiylar o'zlari istagan nuqtaga qo'yishar, Kozak esa indamay o'z ishini qilishda davom eta boshladi. Uning asl pozitsiyasi o'zining ham yodidan ko'tarilib ketgan bo'lsa, ajab emas. Hozirda markaziy himoyada harakat qilayotgan qahramonimiz bir vaqtlar hujumkor yarim himoyachi edi va bu ishni ajoyib uddasidan chiqardi. Achinarlisi shundaki, kelajakda Server Jeparov, Mirjalol Qosimov darajasiga chiqishi kutilgan futbolchimiz hozirda o'rtamiyona futbolchiga aylanib qoldi.

Igor Sergeev

Bu futbolchi o'zbek futboliga katta qadamlar bilan kirib kelgan bo'lsada, katta bosimga dosh bera olmadi. Uning «Paxtakor» stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda Shimoliy Koreya termasi darvozasiga bosh bilan urgan golini bir esalng… O'z tengqurlari o'rtasida bo'lib o'tgan JCh da ajoyib o'yin ko'rsatgan futbolchi ayrim insonlarning kasriga katta ruhiy bosim ostida qolib ketdi va o'sishdan to'xtab qoldi. Raqib jarima maydonida to'p uchun ayovsiz kurash olib boradigan futbolchi so'nggi paytlar sira o'ziga o'xshamayapti. Futbolchining yoshi ham 30 ga qarab ketayotganini hisobga olsak, u avvalgi darajasiga chiqa olishi kattagina so'roq ostida qoladi…

Jamshid Iskanderov

Jaloliddin Masharipov hozirda futbolimizning yuzi sanaladi, ammo bundan bir necha yillar oldin futbolimizda bir futbolchi porlab chiqqan edi. Masharipov qanchalar iqtidorli bo'lmasin, o'sha futbolchining soyasida qolib ketgandi. Gap Jamshid Iskanderov haqida borayotganini darrov sezdingiz, chamamda…Hozirda «Lokomotiv» safida hammasini boshidan boshlashga urunayotgan futbolchini jarohatlar ham jismonan, ham ruhan sindirib qo'ydi. Shunga qaramasdan, qaxramonimiz o'z karierasini avvalgi darajasiga olib chiqish maqsadida bor kuchi bilan ishlamoqda. Uning «Loko»da ham asosiy tarkibga kira olmayotgani futbolchining «ortga qaytishi»ga ishonishchimizni tobora so'ndirmoqda. Shunga qaramasdan, biz «Jama»ga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Ivan Nagaev

Ajoyib tezlik, chiroyli texnika egasi sanaladigan qaxramonimiz o'zbek futbolida o'z so'zini ayta olmaganlardan biri. U taqdirning birin-ketin yo'llayotgan zarbalariga qaramasdan, futbolga takror va takror qaytishni uddasidan chiqayotgan jangchiga o'xshaydi. Ivanning potentsiyali yuqori baholangan edi. O'z vaqtida JChda inglizlar darvozasini ishg'ol qilgan futbolchi birorta klubdan muqim joy ola bilmadi. Grandlar safida esa doimo zahira o'yinchisi maqomida faoliyat olib bordi. Shu tariqa yana bir ajoyib hujumchimiz porlashga ulgurmasdan, tobora xiralashib bormoqda. Kimdir hozir u chakki o'ynamayaptiku deb, o'ylashi mumkin, ammo bu futbolchi hozirgi darajasidan ancha balandroqqa ko'tarilishi mumkin edi. Afsus, hujumchilarga ehtiyoj sezayotgan futbolimizga chaqqon hujumchi hozir har doimgidanda ko'proq zarur edi…

Alibobo Rahmatullaev


Mirjalol Qosimovning «Bunyodkor» jamoasidagi sehrli tayoqchasiga aylangan futbolchi hozir butunlay ko'rinmay qoldi… O'z vaqtida ajoyib gollari bilan «Bunyodkor»ning g'alabalariga hissa qo'shgan futbolchiga Qosimovdan boshqa hech kim ishonmadi shekilli, Alibobo deyarli muxlislarning yodidan ham chiqib ketdi. Qanotlarda hujumga katta tezlikda o'ta oladigan  futbolchi birdaniga futbolimizda paydo bo'ldiyu, birdaniga ko'rinmay qoldi… Qosimov kashf etgan futbolchilar hozirda katta arenalarda muvaffaqiyatli to'p surayotganini hisobga olsak, bu futbolchimizning ham hozirgi kunimizga kelib tajriba to'plagan, ajoyib vingerga aylanishi kerak edi…

 

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
La-Ligada ilk marta ishtirok etayotgan "Eybar" jamoasining stadioni ya'ni "Munisipal de Ipurua" o'z bag'riga 5250 muxlisni sig'dira oladi halos.
Bosh sahifa
Online: 0 / 36
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta