logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:17
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
Erkinjon Turdimov «Dinamo»ni Superliga yo'llanmasi bilan tabrikladi

 13 OKTYABR, 21:10 20

.

Samarqandning «Dinamo» jamoasi Pro ligadagi ikki yillik ishtirokidan keyin joriy yilgi mavsum yakunlanishidan to'rt tur avval Superliga-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

«Dinamo» klubi elitaga qaytgach, Samarqand viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov feysbukdagi sahifasi orqali tabrik yo'lladi.

«Aziz samarqandliklar! Sevimli futbol jamoamiz «Dinamo» 2022 yilda Superligada to'p surish huquqini qo'lga kiritdi. Shu munosabat bilan butun viloyatimiz ahlini, barcha futbol ishqibozlarini tabriklayman!

«Dinamo» professional futbol klubi a'zolariga Superliga o'yinlarida omad va zafarlar yor bo'lsin!», - deya yoziladi viloyat hokimining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma'lumot uchun, Samarqandning «Dinamo» klubi va Farg'onaning «Neftchi» jamoasi Pro ligadan Superligaga yo'llanma olishdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR