logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:35
KirishA'zo bo'lish
Eldorning goli haqida italiyalik muxlislar qanday fikrda?
  2 Dekabr, 10:45  315

.

Stadion.uz Italiyalik futbol muxlislarining hamyurtimiz Eldor Shomurdov haqida bildirgan fikrlari bilan o'rtoqlashamiz.Ular tomonidan "A seriya"ning tvitter va feysbuk sahifasida Eldor haqida qoldirgan izohlari bilan o'rtoqlashib o'tamiz.

Erik Noes

"Negativ fikrlarni bir chetga surib qo'yamiz. «Jenoa»da hali imkoniyat mavjud. Boz ustiga, Eldor o'yinni o'ziga olishni boshladi. U yaqindagina assistni amalga oshirgan edi, endi esa gol kiritmoqda. O'sishda davom etish lozim."

Vinchenso Spitaletta

"Eldor tez orada Italiyaning grand jamoalaridan biri safiga borib qo'shiladi. Uning potentsiali juda yuqori ekanligini so'nggi ikkita o'yin ko'rsatib berdi. Shu izohimni eslab qoling."


Alesio Mamaliti

"Eldorning «Parma»ga qarshi uchrashuvini kuzatdim. U markaziy hujumchi nima qilishi kerak bo'lsa, barchasini amalga oshirdi. Bravo! Ajoyib zarba!"

Marko Paskini

"E'tibor bering! Eldor so'nggi ikkita uchrashuvda 1+1 ochko ishladi. Vaholanki, u endigina jarohatdan forig' bo'ldi va hali jamoaga moslashganicha yo'q. Agar shu ikki omil borasida barchasi o'z o'rniga tushsa, nimalar bo'lishini tasavvur qilib ko'ring!"

Eduardo Areliana

"Eldordan chiroyli golni tomosha qildim. Hujumchi deyarli bir o'zi gol urdi. Unga birorta sherigi yordam bergani yo'q. U so'nggi o'yinlarda tobora o'zini yaxshi namoyish etmoqda."


Pening Tauf

"Afsuski, Eldor klubning eng omadsiz davrida keldi. Ayni damdagi «Jenoa» chempionatning eng aqlsiz klubi bo'lib turibdi. Futbolchilar hujumchilar uchun hech qanday imkoniyat yaratib bermayapti. Shomurodovni tezroq boshqa klubga o'tishiga tilakdoshman. Rolando Maranning yangi ish joyi «P seriya»da! Eldor bunday jamoa bilan juda qiynalmoqda."

Stefan Torie

"Tan olish lozim, «Parma»ga qarshi uchrashuvda faqat o'zbek «jang» qildi. Qolgan barcha «Jenoa» futbolchilari ko'rsatgan o'yinlari uchun uyalishlari kerak. Eldorga o'yin uchun minnadorchilik bildiraman."

Massimo Gandolfo

"To'g'risi, Eldorning o'yinlaridan zavqlandim. U butun o'yin davomida xavfli vaziyat sodir etish bilan shug'ullandi. Eng muhimi esa, kerakli pallada kerakli zarbani yo'lladi. Bu tahsinga sazovor. U gol kiritgan vaziyatga e'tibor bering! Uning aslida qanday hujumchi ekanligini darrov anglab olishingiz mumkin."


Lorenso Masitelli

"Qanday ahmoqlik! Nega Maran uni zaxiraga oldi. Ahir u o'yinning eng yaxshi futbolchisi ediku! To'g'risi, Rolandoning qarori ko'pchilikni hayron qoldirdi. Uning o'rniga maydonga tushgan Pandev deyarli hech narsani amalga oshirgani yo'q."

Georgio Gatso

"Men ham Eldorning nima uchun zaxiraga olinganini tushunganim yo'q. Skamakka «Parma»ga qarshi bahsda hech qanday «karomat» ko'rsatgani yo'q. To'g'risi, tushunmadim. Skamakkani zaxiraga olmay Eldorni o'yindan chiqarib yuborish orqali Moran o'zining iste'fosini tezlashtirmoqchi shekilli!"

 

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Bosh sahifa
Online: 0 / 12
Foydalanuvchi qoidalari